Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

ATP yakuniy turniriga qur’a tashlandi

ATP yakuniy turniriga qur’a tashlandi

Baho:
+ | -
10-17 noyabr kunlari Italiyaning Turin shahrida tennis bo‘yicha yilning Yakuniy ATP turniri bo‘lib o‘tadi.

Dunyo reytingida kuchli sakkiztalikda borayotgan raketka ustalari o‘rtasidagi ushbu nufuzli musobaqaga qur’a tashlandi.

Tennischilar ikki guruhga bo‘linishdi. Iliye Nastase nomli guruhdan sayyoramizning birinchi raketkasi italiyalik Yannik Sinner (1), rossiyalik Daniil Medvedev (4), amerikalik Teylor Frits (5) va avstraliyalik Aleks De Minaur (7) joy oldi.

Jon Nyukomb nomi berilgan guruhda esa germaniyalik Aleksandr Zverev (2), ispaniyalik Karlos Alkaraz (3), norvegiyalik Kasper Ruud (6) hamda rossiyalik Andrey Rublyov (8) o‘zaro 1/2 final chiptasi uchun bahs olib boradigan bo‘ldi. Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan tennischilar pley-offga yo‘l oladi.  

Ma’lumot uchun, jarohati sabab serbiyalik Novak Jokovich turnirga bir necha kun qolganda safdan chiqdi. Uning o‘rnini zaxira tennischisi sifatida rossiyalik Andrey Rublyov egalladi. 

Kiritildi: 22:36, 08.11.2024.
O'qildi: 691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.