Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sambo. JCHdagi medallarimiz soni 7 taga yetdi

Sambo. JCHdagi medallarimiz soni 7 taga yetdi

Baho:
+ | -

Qozog‘istonda sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionatida mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Kecha jahon chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlarida 9 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Murosasiz bellashuvlar natijasida sambochilarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush medallarga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Shahzoda Azatova -59 kilogrammda jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Sardor Olimjonov -64 kilogrammda, Ozodbek Murotov -98 kilogrammda va Mavluda Abdullayeva -80 kilogrammda kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamizning umumiy sovrinlari soni 2 ta oltin, 5 ta kumush medalni tashkil etmoqda.

 Bugun, 10 noyabr kuni musobaqaning so‘nggi kunida sambochilar 10 ta vaznda kechadigan kurashlarda gilamga chiqadi.

Kiritildi: 15:42, 10.11.2024.
O'qildi: 532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик