Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Jamshid Saidov: "Andijon"da ochko olganimizdan xursandman"

Jamshid Saidov: "Andijon"da ochko olganimizdan xursandman"

Baho:
+ | -

Superligada 24-tur yakunlandi. "Qizilqum" jamoasi bu tur safarda "Andijon" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Birinchi navbatda "Andijon" qanday o‘yin ko‘rsatishini bilgan holda tayyorgarlik ko‘rdik. "Andijon" ham biz qanday o‘yin namoyish etishimizni biladi. Biz asosan himoyaviy taktika tanladik. "Andijon" maydonidan bir ochko olganimizdan xursandman. Sababi, bunday muxlislik oldida o‘ziga xos bosim bo‘ladi, o‘ynash juda og‘ir. Navoiydan uzoq yo‘l bosib kelgan kam sonli bo‘lsada, muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. 90 daqiqa tinmay bizni qo‘llab-quvvatlab turishdi va futbolchilarimga o‘z vazifasini bajarishga harakat qilishgani uchun rahmat. "Andijon"dan muhim ochkoni oldik.

- Diskvalifikasiya sababli uchrashuvni o‘tkazib yuborgan Muhammadali G‘iyosov va Giorgi Kuxianidzening yo‘qligi bahsga qanchalik ta’sir ko‘rsatdi?

- Ha, bugungi bellashuvda uch nafar asosiy futbolchimiz o‘ynamadi. Lobjanidze, Kuxianidze va G‘iyosov jarohatlar hamda sariq kartochkalar to‘planib qolgani tufayli o‘tkazib yuborishdi. Ularning yo‘qligi bilindi. Shuning uchun biz asosan himoyadan, qarshi hujumda o‘ynashga qaror qildik.

- Zaxiradan maydonga tushgan Bozorovni yana zaxiraga oldingiz. Bu taktik o‘zgarish bilan bog‘liqmidi yoki...

- Ha, bu taktik o‘yinchi almashtirish edi.

- "Qizilqum" bu yil "Andijon" bilan uch marta o‘ynadi va barchasida yuta olmadi. Bunga nima sabab?

- Biz Aleksandr Xoyamkov bilan uzoq yillar birga ishlaganmiz. "Mash’al"da ham, "Andijon"da ham. "Andijon" men uchun begona shahar emas, yaxshi bilaman. Ha, biz "Andijon" bilan bu yil hisobidan Kubokni hisoblamaganda teng o‘ynadik. Birinchi davrada 3:3 o‘ynagandik. Bugun ham durang bo‘ldi. Bu tabiiy. Superligada murosasiz bahslar ko‘p bo‘lmoqda. 2-3-o‘rinlar uchun bahslar ancha shiddatli o‘tmoqda. Har bir tur syurprizlar taqdim etmoqda. 2 ta tur qoldi. Bo‘lajak bellashuvlarga ham maksimal tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Bugun jamoangiz bir ochko ishladimi yoki ikki ochko yo‘qotdimi?

- Bir ochko jamg‘ardik, deb o‘ylayman.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 03:36, 11.11.2024.
O'qildi: 948 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.