"Lechche" matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Dan Tomassen o‘rniga Marko Jampaolo tayinlangani haqida xabar berdi.
57 yoshli mutaxassisning A Seriya klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar, avtomatik ravishda uzaytirilishi mumkin.
Jampaoloning avvalgi ish joyi “Sampdoriya” bo‘lib, u 2022 yilda uni tark etgandi. Murabbiy avvalroq Italiyaning ko‘plab boshqa jamoalarini, jumladan, “Milan”, “Torino” va “Kalyari”ni boshqargan.
Ayni paytda “Lechche” Italiya chempionatida 12-turdan so‘ng 9 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda.