Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Sport vazirligida banklardagi sport targ‘ibotchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

Sport vazirligida banklardagi sport targ‘ibotchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda tijorat banklarining sport targ‘ibotchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilish jarayonlarini tashkil etish yuzasidan o‘tkazilgan o‘quv-seminarda Sport vaziri Adkham Ikramov ishtirok etib, tijorat banklari xodimlaridan sport sinovlarini qabul qilish yuzasidan o‘zining tavsiyalarini bildirdi hamda loyihani qo‘llab-quvvatyotganligi uchun Markaziy bank ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi 5148-son qaroriga muvofiq har yili noyabr oyida davlat idora va tashkilotlari xodimlaridan, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda tijorat banklari xodimlaridan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilish belgilangan. Shunga muvofiq 15-30-noyabr kunlari respublika bo‘ylab tijorat banklari xodimlaridan sport sinovlari qabul qilinadi.

Shuningdek, sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida banklarda faoliyat yuritayotgan sport targ‘ibotchilarini faollikga chaqirib, sport sinovlarini topshirib, eng yaxshi natijalarni qayd etgan bank xodimlari munosib rag‘batlantirilishi, sport sinovlarini qabul qilish yuzasidan monitoring yuritilib, uning natijalariga ko‘ra, xodimlari faol ishtirok etgan bank rahbarlari va sport targ‘ibotchilari “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishini ma’lum qildi.

Manba: Minsportuz
Kiritildi: 16:27, 12.11.2024.
O'qildi: 874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик