Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" himoyachisi uchun mavsum yakunlangan bo‘lishi mumkin

"Yuventus" himoyachisi uchun mavsum yakunlangan bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

Turinning "Yuventus" klubi himoya chizig‘ida muammoga duch keldi.

La Gazzetta Dello Sport nashri xabariga ko‘ra, "zebralar"ning chap qanot himoyachisi, himoya markazida ham o‘ynay oladigan Xuan Kabal Kolumbiya terma jamoasi ixtiyorida jarohat olgan.

Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, Kabal chap tizzasidagi xochsimon bog‘lamlarini shikastlagan. Jarohatning aniq zarari hozircha noma’lum, uni aniqlash uchun Xuan o‘z klubida qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tadi.

Manbaning qayd etishicha, 23 yoshli futbolchi mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Kiritildi: 09:20, 13.11.2024.
O'qildi: 900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик