Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Diyego Forlan: «Klublar mundialidan ko‘p narsa kutyapman»

Diyego Forlan: «Klublar mundialidan ko‘p narsa kutyapman»

Baho:
+ | -

Urugvaylik sobiq hujumchi Diyego Forlan o‘zining yorqin faoliyati davomida 3ta qit’aning naq 9ta mamlakatida 10ta klub sharafini himoya qildi - jahongashta futbolchi!

Shunday ekan, u FIFA tasnifiga kiruvchi Klublar o‘rtasidagi JCH-2025 haqida ma’lum tushuncha bera oladi. Ayni payt kelasi yil AQSHda 32ta klub ishtirokida bo‘ladigan yangi turnir tarkibi deyarli to‘liq holga keldi - Lionel Messi yetakchiligidagi «Inter Mayami» MLS muntazam chempionatidagi muvaffaqiyati ortidan mezbon mamlakat vakili sifatida 31-qatnashchiga aylandi. Qolgan yana bir yo‘llanma esa KONMEBOL vakili, ya’ni Libertadores kubogi sohibiga nasib etadi.

2007-2011 yillar oralig‘ida sermahsul o‘yinlari bilan «Atletiko» hayotida katta iz qoldirgan Urugvay milliy jamoasi sobiq hujumchisi Diyego Forlan faoliyati davomida «Inter», «Independyente», «MYU», «Vilyarreal», «Internacyonal», «Sereso Osaka», «Penyarol», «Mumbay Siti» va «Kitchi» klublarida ham o‘ynagan. Xullas, Forlan Yevropadan Klublar o‘rtasidagi JCH-2025ga yo‘llanma olgan 12ta jamoaning 2tasi - «Atletiko» va «Inter»ni juda yaxshi biladi. Yaqin o‘tmishning mohir goleadori yangi turnirda Yevropa klublarini mag‘lub etish qiyin bo‘lishini yaxshi tushunadi. Shuning barobarida uning fikricha, boshqa ishtirokchilarda sensasiya qayd qilish imkoniyati yo‘q emas:

- Bir qarashda, Yevropa klublari favorit hisoblanadi, ularda ma’lum darajada ustun tomonlari bor. Deylik, «ko‘hna qit’a» milliy ligalari va yevrokuboklarda raqobat darajasi baland. Shuni nazarda tutsak, Yevropa vakillari eng yuqori notada o‘tadigan o‘yinlarga tayyorlar. Umuman, Klublar o‘rtasidagi JCHda kuchli ligalar jamoalari biroz ustunlikka ega. Ayniqsa, Yevropa milliy chempionatlari vakillari. Jumladan, yevrofutbol iqtisodiy tomondan ham ancha rivojlangan va klublarda eng yaxshi futbolchilarni sotib olish imkoniyati mavjud. Oddiy aytganda, Yevropa klublari tarkib bo‘yicha ancha raqobatbardosh. Lekin unutmaslik kerakki, xalqaro turnirlarda ishtiyoq-xohish ham katta rol o‘ynaydi. Deylik, guruh bosqichidan keyin boshlanadigan «pley-off» bahslarida har qanday natija kutish mumkin. Zero, bunda barchasi 1ta o‘yin vositasida aniqlanadi. Bilamizki, bunday «hayot-mamot» qabilidagi o‘yinlarda juftlik taqdirini eng kichik elementar holatlar ham hal qilib qo‘yishi hech gap emas. Shunday ekan, bo‘lajak turnirda boshqa qit’alar vakillari sensasiya taqdim etishlari mumkin. Terma jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionati fikrimga asosdir.

Klublar mundiali kelasi yilning 15 iyun kuni Mayamidagi Hard Rock stadionida boshlanadi. Final uchrashuvi esa 13 iyul kuni Nyu-Yorkda joylashgan muhtasham MetLife arenasida bo‘lishi belgilangan. Qiziq, Forlan jami 63ta o‘yinni o‘z ichiga oladigan yangi turnir formati haqida qanday fikrda?

- Menimcha, bizni juda qiziqarli musobaqa kutmoqda. Birinchidan, turli qit’alar jamoalari 1 oy davomida mislsiz tajriba olish imkoniyatiga ega. Ishoning, bu har bir futbolchi uchun ajoyib motivasiyadir. Binobarin, klub futbolida boshqa qit’alar vakillariga qarshi o‘ynash imkoniyati har doim ham tug‘ilavermaydi. Ha, jamoalar har yili mavsumoldi turnelarida qandaydir o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkillashtirishi mumkin. Lekin nazorat va rasmiy o‘yin o‘rtasida katta farq borligini ham yaxshi biladi. Xullas, barchamizni o‘ta hayajonli o‘yin­lar kutayotgani aniq.

Diyego Forlan 2020 yili sobiq klublaridan biri «Penyarol» (u 2015-2016 yillar aynan shu jamoada to‘p surgan) bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritdi. Urugvayning ushbu jamoasi ham Klublar o‘rtasidagi JCH-2025ga chiqish uchun yaxshigina imkoniyat hosil qilgandi. Biroq «Penyarol» Libertadores kubogi-2024 nimchorak finali birinchi o‘yinida turnirning amaldagi g‘olibiga 0:5 hisobida yutqazib, kurashni davom ettirish ehtimolini keskin pasaytirdi. Forlan esa mazkur muvaffaqiyatsizlikdan bir necha kun oldin «Penyarol»ni Klublar o‘rtasidagi JCHda ko‘rishdan xursand bo‘lishini yashirmagandi:

- Yana bir sobiq jamoam turnirga qo‘shilsa, zo‘r ish bo‘lardi. «Penyarol» buning uchun Libertadores kubogini yutishi kerak. Agar hammasi shunday rivojlansa, ikki hissa quvonishim turgan gap.

X.YUSUPOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:49, 13.11.2024.
O'qildi: 1286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.