Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Timur Kapadzega Rossiyadan taklif bo‘lganmi?

Timur Kapadzega Rossiyadan taklif bo‘lganmi?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze Sport24 muxbiri Andrey Babichga bergan intervyusida Rossiyada ishlashi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

— Sizga Rossiyada ishlash taklifi bo‘lganmi?
— Yo‘q bo‘lmagan. Agentlar: «Sizda Rossiyada ishlash varianti bormi?", deya so‘rashgan. Lekin men uchun hamma narsadan muhimroq bo‘lgan terma jamoa bilan band edim. Siz o‘z mamlakatingiz sharafini himoya qilar ekansiz — bu murabbiy uchun eng yuqori daraja. Bu 300 ming kishi qo‘llab-quvvatlaydigan klub emas. Terma jamoa uchun butun mamlakat, millionlab insonlar muxlislik qiladi! Mamlakat oldidagi mas’uliyat — boshqa daraja. Siz munosib bo‘lishingiz kerak. 4 yil ichida buni isbotlaganimizdan xursandman: uchta yirik turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qildik va o‘zbek futboli nufuzini ko‘tardik.

— Stanislav Cherchesovning "milliy terma jamoa murabbiyi — davlat lavozimidir", degan so‘zlari esimga tushdi. Rossiyada hamma ham bunga ijobiy munosabat bildirmadi. Cherchesovning fikriga qo‘shilasizmi?

— Men shunday o‘ylayman — O‘zbekiston terma jamoasi safida Qatar, Koreya yoki Yaponiyaga qarshi o‘ynayapman. Raqiblar o‘z mamlakatini himoya qilish uchun o‘sha yoshdagi eng yaxshi futbolchilarni yig‘adilar. Bu urush yoki tibbiyotdagi raqobatga o‘xshaydi — mamlakatga qarshi mamlakat, kim yaxshiroq. Futbolda ham shunday. Aytaylik, Yaponiyani mag‘lub etsak, demak, hozir yoshlarimiz ulardan kuchli, futbolimiz yaxshiroq. Bu mamlakatning obro‘si, imiji va ko‘rinishiga ta’sir qiladi. Cherchesovning so‘zlariga qo‘shilishim mumkin.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 07:38, 16.11.2024.
O'qildi: 3003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.