Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yurtimizda sportning ITKF karate-do turi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi

Yurtimizda sportning ITKF karate-do turi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi

Baho:
+ | -

ITKF Xalqaro an’anaviy Karate-do Federasiyasi  2014 yildan buyon  Osiyo Okeaniya Karate-do Federasiyasi a’zosi hisoblanib, hozirgi kunda 70 dan ortiq murabbiylari va  5000 dan ortiq sportchilari mavjud.

14, 15, 16 noyabr kunlari O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning ITKF karate-do turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida Xalqaro turnir o‘tkazildi.

“Ushbu xalqaro turnir: 6-8 yosh – bolalar va qizlar, 9-13 yosh – yoshlar va qizlar, 14-18 yosh – o‘smirlar va o‘smir qizlar, 19-21+ kattalar va ayollar, 40+ faxriylar o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda. Ayni paytda mamlakatingizda 5 ming nafardan ziyod sportchilar ushbu sport turi bilan shug‘ullanib kelmoqda. O‘zbekiston bundan oldin ham 1 marta jahon va 4 marta Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan. “ITKF Asia Oceania” prezidenti Ibrahim Al-Bakr ham ishtirok etmoqda”, deydi ITKF karate-do Prezidenti Shuhrat Kushmuratov.

“Avvalombor, ushbu chempionatni o‘tkazishga yaqindan yordam bergan O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid  Matkarimovga o‘z minnatrodchiligimni bildiraman. Men Chirchiq shahrida birinchi marotoba bo‘lishim va ushbu shahar ham menga juda yoqdi. Barcha sportchilamizga va tadbir tashkilotchilariga rahmat aytmoqchiman. O‘ylaymanki, kelajakda ushbu universitet bilan hamkorligimiz bardovom bo‘ladi”, deydi Osiyo-Okeaniya ITKF  Federasiyasi prezidenti Ibrohim Al-Bakr.

“Barchangiz xalqaro turning “Traditional chempoionship karate open Tashkent” ochilish marosimiga xush kelibsiz. So‘nggi yillarda mamlakatimiz sport sohasida jahon arenalarida katta yutuqlarga erishib kelmoqda. Albatta, bu yurtboshimiz tomonidan sohada yaratilayotgan yetarlicha sharoitlari natijasidir. Universitetimiz ITKF karate-do Federasiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik. Kelajakda ushbu sport turining qamrovini yanada kengaytirishda o‘z hissamizni qo‘shamiz degan umiddaman.” O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid  Matkarimov.

Ushbu xalqaro turnirning ochilish marosimi tantanali tarzda o‘tkazilda va g‘olib sportchilar taqdirlandi.

O‘zbekistonda o‘tkazilgan chempionatlar

1 ta Jahon chempionati
4 ta Osiyo chempionati
10 ta Respublika chempioti o‘tkazilgan.

Hamkorlar:
Xalqaro Kimyo texnologiya instituti, “Alfraganus” instituti, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Namangan Davlat universiteti, Urganch Davlar universitetlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ushbu institut va universitetlarda talabalar darslardan so‘ng, karate-do bilan shug‘ullanib kelishmoqda. Zallar karate uchun mo‘ljallangan sport anjomlari bilan jihozlangan.

Ma’lumotlar:
Sayti: itkf.uz
Ijtimoiy tarmoqlari: @itkf_karate_uzbekistan
Telefon raqami: 99 855 37 01

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:29, 16.11.2024.
O'qildi: 460 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.