Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Svetlana Osipova: "Motivasiyam - bugun kechagidan yaxshiroq bo‘lishim kerakligi"

Svetlana Osipova: "Motivasiyam - bugun kechagidan yaxshiroq bo‘lishim kerakligi"

Baho:
+ | -

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan Svetlana Osipova o‘zbek taekvondochi qizlar orasida birinchi bo‘lib Olimp shohsupasiga ko‘tarilgan sportchi sifatida tarixda qoldi. Svetlana faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarga erishgan. Sportchimiz bu natijalar bilan to‘xtab qolmay, oldinga intilishda davom etmoqda.

- Roppa-rosa 2 yil oldin davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kun arafasida tarixiy jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edingiz. Qolaversa, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ham delegasiyamizga tarixiy medallardan birini keltirdigniz. Keling, o‘sha paytlardagi taassurotlaringizni yodga olib, ular bilan ulashsangiz.

- Har ikki musobaqadagi hissiyotlarimni so‘z bilan ifodalab berolmayman. Jamoamiz bilan sportimiz tarixida ayollar taekvondosida jahon chempionatilarida birinchi oltin va Olimpiadalardagi ilk medalni qo‘lga kiritishni uddaladik. Ushbu natijaga erishishim uchun yordam bergan davlatimiz, assosiasiyamiz, jamoam va oilamga minnatdorligimni bildiraman. Tokio-2020 Olimpiadasidan medal ololmaganimdan keyin Meksikadagi jahon chempionligi menga katta turtki bo‘ldi. Mehnat bilan barcha narsaning imkoni borligini tushunib yetganman.

- Olimpiadada yengil jarohat bilan ishtirok etganingiz haqida ko‘p aytgandingiz. Hozir salomatligingiz qanday?

- Ha, hozir hammasi yaxshi. Ayni paytda tiklanyapman, shuningdek, mashg‘ulotlar ham to‘xtab qolmagan.

- Sizda barcha musobaqalarning medali bor. Shunday bo‘lsa ham Sizni qanday motivasiya yana dayanga chaqiryapti?

- Ha, menda hamma turnirlarning medali mavjud. Bu ajoyib natija va unda ko‘pchilikning mehnati bor. Motivasiyam esa, bugun kechagidan yaxshiroq bo‘lishim kerakligi. Bu men uchun eng muhim jihat. O‘zim misolimda barcha narsaning imkoni borligini ko‘rsatishni istayman. Har qanday vaziyat va sharoitda ham nimadir o‘rganish va nimagadir erishish kerak. Men qachondir o‘zgalarga o‘rnak bo‘la olayotganimni sezsam, shu menga motivasiya beradi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 13:28, 17.11.2024.
O'qildi: 832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.