Italiya terma jamoasi iyun oyidan beri ilk bor mag‘lubiyatga uchradi.
Luchano Spalletti jamoasi Millatlar ligasi 6-turida Fransiyaga qarshi o‘yinda (1:3) imkoniyatni boy berdi.
Bu Italiyaning so‘nggi 6 ta o‘yindagi ilk mag‘lubiyati. Bungacha 4 ta g‘alaba va bitta durang qayd etilgan edi.
Italiyaliklar Yevro-2024ning 1/8 finalida Shveysariyadan (0:2) mag‘lub bo‘lishgan.
Italiya terma jamoasi 13 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Fransiyaga imkoniyatni boy berib, A divizioni 2-guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi.













