"Yuventus" va Serbiya terma jamoasi futbolchisi Dushan Vlaxovich o‘zining ahvoli haqidagi savolga javob berdi.
Hujumchi Millatlar ligasi doirasida Daniya terma jamoasiga qarshi o‘yinda (0:0) mushak jarohati tufayli almashtirildi.
"Men mushaklarimda noqulay hissiyotlarni his qildim, shuning uchun darhol almashtirishni so‘radim. Ertaga men Turinga qaytaman va nima gapligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘taman," - dedi forvard.