"Liverpul" qanot hujumchisi Federiko Kyeza yanvar oyida Angliyani tark etib, Italiyaga qaytishi mumkin.
27 yoshli futbolchini "Inter", "Milan" va "Roma" 6 oyga ijaraga olishga qiziqmoqda.
Kyeza "qizillar" safida bor yo‘g‘i 3 marta maydonga tushdi. U o‘tgan yozda "Yuventus"dan erkin agent maqomida "Liverpul"ga o‘tgandi.