Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Asror Aliqulov: "Mash’al" keyingi mavsum Superligada o‘ynamaydi? Bu haqda eshitganimiz yo‘q"

Asror Aliqulov: "Mash’al" keyingi mavsum Superligada o‘ynamaydi? Bu haqda eshitganimiz yo‘q"

Baho:
+ | -

Pro liga 27-turidan o‘rin olgan "Xorazm" – "Mash’al" (0:0) uchrashuvidan so‘ng muborakliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘yinga kelsak, jangovar va yuqori tempda o‘tdi. Ikki jamoa ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani sezildi. Maydon holati sifatli o‘yin namoyish etishga imkon bermadi. Ikki jamoa ham uzun paslar bilan o‘ynashga harakat qildi. Hisob uchrashuvga mos bo‘ldi. G‘alabani ko‘zlab maydonga tushgandi, ammo o‘xshamadi. Keyingi o‘yinlarda buni to‘g‘rilashimiz kerak", – dedi Aliqulov

— O‘yin boshida murabbiy chizmasi o‘zgargandek bo‘ldi. Futbolchilar murabbiy ko‘rsatmalariga qanchalik rioya qildi?

— Birinchi vazifamiz "Xorazm" futbolchilariga bo‘shliq yaratib bermaslik edi. Raqib tarkibida Superligada harakat qilgan futbolchilar bor. Qaysidir holatlarda ularning ustunligi sezilib turdi. Himoyani o‘ylagan holda o‘zimiz ham hujum qilishni ko‘zlagandik. Bundan tashqari, bosimlar ham uyushtirib turdik. Biroq hujumda texnik qobiliyatimiz baland emasligi ko‘rindi. Umuman olganda, futbolchilarga oxirigacha kurashishgani uchun minnatdorlik bildiraman.

— "Mash’al" Superligaga chiqqani bilan tabriklaymiz. Jamoa keyingi mavsumda Superligada o‘ynamasligi, chunki ligada 2 ta Qashqadaryo vakili qatnashishi viloyatga qiyinchilik tug‘diradi, degan gap-so‘zlar tarqaldi...

— Bu narsa haqida eshitganimiz yo‘q. Homiyimiz bizni qo‘llab-quvvatlayapti. "Mash’al" haqqoniy ravishda Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘ylaymanki, jamoa Superligaga munosib. Bu xursandchilikni tortib olish noto‘g‘ri deb o‘ylayman.

— Superligada o‘zingiz jamoaga bosh bo‘lsangiz, "Mash’al" o‘zagi qanchalik o‘zgaradi?

— Hozir Pro liga va Superliga o‘rtasidagi tafovut sezilib turibdi. Sezilib turibdiki, Pro ligadagi ayrim futbolchilar Superligada qo‘nim topolmagan o‘yinchilardir. Yaxshi saviyaga ega mahalliy futbolchini topish mushkul. Shuning uchun har bir jamoa legionerlar xizmatidan foydalanmoqda. Superliga saviyasi ancha o‘sgan. Pro ligadan Superligaga chiqqan jamoa kuchaytirilishi tabiiy hol.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 22:07, 21.11.2024.
O'qildi: 1035 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик