Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Xavining Messi va Jordi Alba bilan munosabatlari yaxshi emas

Xavining Messi va Jordi Alba bilan munosabatlari yaxshi emas

Baho:
+ | -

"Barselona" klubi sobiq bosh murabbiyi Xavi AQSHning "Inter Mayami" klubini boshqarmaydi.

Avvalroq Xerardo Martino shaxsiy sabablarga ko‘ra "Inter Mayami" klubidan iste’foga chiqqani haqda xabar berilgan edi. 44 yoshli mutaxassis argentinalik murabbiyning ehtimoliy o‘rnini egallovchi nomzodlar orasida tilga olingandi.

Diario Sport nashrining ma’lumotiga ko‘ra, aslida "Inter Mayami" Xavi nomzodini ham ko‘rib chiqmagan. Bunga sabab sifatida uning "Barselona"da birga ishlagan ayrim futbolchilar, jumladan, Leo Messi va Jordi Alba bilan munosabatlari yaxshi emasligi keltirilgan.

Ta’kidlanishicha, Xavi va Serxio Buskets o‘rtasida munosabat ajoyib darajada, lekin Messi bilan munosabatlar oxirgi vaqtlarda sovuqlashgan, ammo juda yomon emas. Jordi Alba bilan esa jiddiy kelishmovchiliklar bor. Shu sababli, Xavining  tayinlanishi jamoada keskinlik yaratishi mumkinligi uchun klub rahbariyati bunday qarorni istisno qilgan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:23, 21.11.2024.
O'qildi: 2199 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик