Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

"Bavariya" bosh direktori: "Maqsadimiz bu finalga chiqish"

"Bavariya" bosh direktori: "Maqsadimiz bu finalga chiqish"

Baho:
+ | -

"Bavariya" bosh direktori Yan-Kristian Drizen klubning Chempionlar ligasi finali haqidagi savoliga javob berdi.

31 may kuni Myunxendagi "Alyans Arena"da birinchi eng muhim yevrokubok joriy mavsumining hal qiluvchi o‘yini bo‘lib o‘tadi.

"Orzularingiz o‘zingizga yuk bo‘lib qolmasligi uchun doimo ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Albatta, bu juda muhim voqea - final Myunxenda 13 yil o‘tib bo‘lib o‘tadi.

Maqsadimiz bu finalga chiqish, ammo oldinda uzoq yo‘l bor. 1/8 final bosqichidan boshlab kuchli raqiblar bilan uchrashuvlarni o‘tkazamiz.

O‘ylaymanki, bizning futbolchilar juda katta motivasiyaga ega. Biz hammamiz orzuni ro‘yobga chiqarish uchun harakat qilyapmiz", - deya Drizenning so‘zlarini keltiradi jurnalist Maksimilian Kox.

Kiritildi: 09:24, 22.11.2024.
O'qildi: 605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик