Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Tanishing, tezkor to‘purarlar!

Tanishing, tezkor to‘purarlar!

Baho:
+ | -

Yaqinda «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland jamoasi uchun 100-golini hadya etib, jahon miqesidagi tengsiz natijani qayd etdi - buning uchun to‘purarga 105ta o‘yin yetarli bo‘ldi.

Gol urish futboldagi eng qiyin yumush bo‘lgani bois, ko‘pchilik hujumchilar ulkan maoshlar bilan siylanadilar. Keling, yaxshisi, asrimizdagi 10 nafar eng uchqur snayperning natijalarini ko‘rib chiqamiz.

10. Kristian Vyeri («Inter») - 138ta o‘yin

1997 yilda «Yuventus»da to‘p surgan Vyeri futbol olamining cho‘qqisida edi. U «keksa sinyora» bilan chempionlikka erishgan, YECHLda finalga chiqqandi. Keyin hujumchi Ispaniyadagi yagona mavsumining barcha uchrashuvlarida gol urgach, vataniga qaytgan va «Lasio»da, keyin «Inter»da to‘p surgandi. «Qora-ko‘klar» safidagi 6 yil ichida Kristian bitta Italiya Kubogiga erishgan bo‘lsada, jamoa uchun 190ta o‘yinda 123ta gol urgandi.

9. Kilian Mbappe («PSJ») - 137ta o‘yin

Yosh iqtidor sohibi futbol sahnasiga «Monako» bilan chempionlikka erishib, YECHLda yarim finalgacha yetib borganini inobatga olsak, «PSJ» u uchun katta mablag‘ sarflagani ajablanarli emas. Poytaxt klubini YECHLda shohsupaga olib chiqish hujumchiga nasib etmadi. Endi Kilian bu vazifani «Real»da uddalashga urinib ko‘radi. Lekin Anchelotti jamoasini vayron qilishi ham mumkin.

8. Robert Levandovski («Bavariya») - 136ta o‘yin

Dortmundning «Borussiya»si bilan qatorasiga 2 marta chempionlikka erishish va YECHL yarim finalida «Real» darvozasiga 4ta gol urish orqali Levandovski qit’aning eng yaxshi «to‘qqizlik»laridan biri ekanligini isbotlagandi. 

Polshalik mergan Gvardiolaning «Bavariya»sida ham sermahsullikni davom ettirib, afsonaviy Gerd Myullerning bundesligadagi rekordini (365ta gol) yangilashi mumkin edi, agarda «Barselona»ga o‘tib ketmaganida. Lekin u 2020|21 yillar mavsumida bir mavsumdagi gollar bo‘yicha Myullerning rekordini yangiladi, 41ta gol.

7. Edinson Kavani 

(«Napoli») - 135ta o‘yin

Urugvaylik hujumchi o‘z vaqtida Zlatan Ibragimovichni quvib o‘tib, «PSJ»ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib olgandi. Lekin Parijda gol urish Neapolga nisbatan osonroq (138ta o‘yinda 104ta gol). O‘shanda Kavaniga muxlislar qalbini zabt etish uchun chempionlik unvoni yetishmagandi.

6. Rud van Nistelroy («MYU») - 131ta o‘yin

Niderlandiyalik hujumchining «Old Trafford»ga tashrifini ser Aleks sabr-toqat bilan kutishga majbur bo‘lgandi. Chunki Rudning jarohat olganligi bunga imkon bermagandi. Lekin Nistelroy tez orada saviyasini tiklab oldi va APL klublari uchun xavfli raqibga aylandi. Pol Skoulz Rud haqida shunday degandi: «U shunchaki, shafqatsiz to‘purar. Rud faqat gol urish uchun yashaydi. Lekin o‘ziga xos motivasiya sohibi - doimo Anri o‘z o‘yinida gol urgan,urmaganligini kuzatib yuradi. Agar Tyerri gol urgan bo‘lsa, Rud uyga yetib olguncha hech kim bilan gaplashmaydi».

5. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») - 131ta o‘yin

5 karra «Oltin to‘p» sohibi, 4 karra «Real» tarkibida YECHL g‘olibi bo‘lmish Ronaldu nufuzli turnirning eng yaxshi to‘purari, shuningdek, madridliklar klubining ham. 2018 yilda «Yuventus» uni o‘z safiga qo‘shib olish va YECHLda chempionlikni rejalashtirgandi. Jamoa «Ayaks», «Lion» va «Portu» to‘siqlaridan o‘ta olmadi... Ko‘pchilik aynan Krishtianuni aybladi, lekin u o‘z vazifasini a’lo darajada uddalagandi. 131ta o‘yinda 100ta gol - yuksak ko‘rsatkich.

4. Zlatan Ibragimovich («PSJ») - 124ta o‘yin

Parijga Zlatan Italiyaning 3ta jamoasida qo‘lga kiritgan 4ta skudetto, «Ayaks» safidagi 2ta, «Barselona»dagi bitta chempionlik unvonlari bilan kelgandi. Liga 1dagi 4 mavsumning har birida kamida 30tadan gol urib, 4 marta g‘olib chiqdi. Ayniqsa, xayrlashuv mavsumi o‘ta sermahsul bo‘ldi - 51ta o‘yinda 50ta gol!

3. Luis Suares («Barselona») - 120ta o‘yin

«Barselona»ning rekord xaridi maqomida Suares Ispaniyaga yo‘l olgach, APL klublarining muxlislari yengil tin olishdi. Jorjo Kyellinini tishlab olgani uchun 4 uchrashuvga diskvalifikasiya muddatini o‘tagan hujumchi yangi jamoasida Neymar va Messi bilan sermahsul hujumkor uchlikni shakllantirdi. «Barsa» treblga erishgan 2014|15 yillar mavsumida Luis 39 uchrashuvda 25ta gol urgan, keyingi mavsumda sermahsullikni 59taga yetkazgandi. Umuman, «Kamp-Nou»dagi 6 yil ichida u 198ta gol muallifi bo‘lgandi.

2. Krishtianu Ronaldu («Real») - 105ta o‘yin

Florentino Peresning «galaktikos»ni shakllantirishga qaratilgan ikkinchi urinishi 2009 yilda rekord bahodagi Ronalduni olib kelish bilan boshlangan. Portugaliyalik yulduz sovrindor bo‘lish uchun sabr bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi: debyut mavsumida hech narsaga erisha olmadi, keyingisida faqat Ispaniya Kubogi bilan kifoyalandi. Lekin Manuel Pellegrini rahbarligidagi ilk mavsumida 35ta o‘yinda 33ta golni rasmiylashtirdi. Biroq bu yuksak natijadan qoniqmagan snayper 2010-2016 yillar oralig‘ida gollari sonini 50tadan kamaytirmadi va klub to‘purarlari ro‘yxatida Rauldan (450ta gol) o‘zib ketdi.

1. Erling Xoland («Manchester Siti») - 105ta o‘yin

Nihoyat, hikoyamiz sababchisi bo‘lgan qahramonimiz nav­bati keldi. Erling o‘zining 100-golini «shaharliklar» safidagi uchinchi mavsumi start bosqichida, «Arsenal»­ga qarshi bellashuvda amalga oshirdi. 105ta o‘yinda 100ta gol. Muallif esa endi 24ga chiqdi. Aqlga sig‘maydigan natija, shunday emasmi?

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:00, 23.11.2024.
O'qildi: 1662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.