Kirish Ro'yxatdan o'tish

Amorim: "Shouni sog‘lom saqlashimiz kerak"

Amorim: "Shouni sog‘lom saqlashimiz kerak"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Lyuk Shouning ahvoli haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

29 yoshli futbolchi butun faoliyati davomida jarohatlardan aziyat chekdi.

Joriy mavsumda angliyalik futbolchi hali maydonga tushmadi, biroq oy boshidan umumiy guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazdi va tez orada maydonga tushishi mumkin.

"Shou yaxshi harakat qilmoqda, lekin biz uni sog‘lom va ehtiyotkor saqlashimiz kerak. Menimcha, u juda yaxshi futbolchi, biz unga g‘amxo‘rlik qilamiz.

Men shunday muhim o‘yinchilarning bir o‘yinda emas, uzoq vaqt davomida tayyor bo‘lishini istayman", - dedi portugaliyalik murabbiy. 

Kiritildi: 09:43, 23.11.2024.
O'qildi: 689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик