Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Tayron, bu qanday ahmoqlik? (video)

Tayron, bu qanday ahmoqlik? (video)

Baho:
+ | -

CHL-2024/2025da juda zo‘r start olgan «Aston Villa» liga bosqichi 4-turiga kelib, birinchi mag‘lubiyatni tan oldi.

O‘ta kulgili holatda belgilangan penalti tufayli. 14 oylik jarohatdan keyin safga qaytgan va bu turnirda debyut qilgan himoyachi Tayron Mings jarima maydoni ichida shunchaki, to‘pni qo‘liga oldi. Vaholanki, atrofida biror raqib yo‘q edi. Ko‘rinishidan, u to‘pni darvoza chizig‘iga o‘rnatib berishni o‘yladi. Aslida esa kiper to‘pni o‘yinga kiritib bo‘lgandi. Oqibatda qimmatga tushgan penalti yuzaga keldi.

Mings o‘yinga kiritilgan to‘pni ushladi, nega? Ikkinchi bo‘lim, 50-daqiqa. «Bryugge» hujumchisi Andreas Olsen burchak bayroqchasi yaqinida to‘pni yo‘qotdi va darvozabon Emiliano Martines darhol uni Tayron Mingsga uzatish asnosida o‘yinni davom ettirdi. Biroq himoyachi qo‘qqisdan to‘pni qo‘liga oldi. U to‘p o‘yinga kiritilganini sezmay qoldi, shekilli. Germaniyalik hakam Tobias Shtiller esa qo‘l bilan o‘yinni qayd etdi - penalti. VAR jarima maydoni ichidagi qoidabuzarlikni tasdiqladi. Shu tariqa «Bryugge» hujumchisi Xans Vanaken hisobni ochdi. Mingsda nolish yoki o‘zini oqlash uchun hech qanday asos yo‘q. Bunaqa penalti futbolda juda kam uchraydi. To‘g‘ri, bir oycha oldin Germaniyadagi bitta o‘yinda ikkita shunga o‘xshash penalti belgilangan edi. Bahorda «Arsenal» va «Bavariya» o‘rtasida bo‘lgan CHL chorak finalida ham xuddi shunday vaziyat kuzatilgan, ammo hakam bundan shunchaki, ko‘z yumgandi.

Aytish kerak, Unai Emeri boshqaruvidagi «Aston Villa» Belgiya safariga qadar CHLda 3ta o‘yinni ham o‘z foydasiga hal qilgandi. Yana bir tomoni, «Bryugge» 1994 yildan buyon Angliya vakilini ilk marta mag‘lubiyatga uchratdi. To‘g‘ri, Belgiya jamoasi oxirgi vaqtlar yevrokubokning o‘z maydonidagi bahslarida o‘ta ishonchli ko‘rinmoqda - qatorasiga 11ta o‘yinda atigi 1ta mag‘lubiyat.

CHLda o‘xshovsiz debyut. Tayron Mingz bunga qadar jarohat ortidan naq 14 oy chetda qolgandi. Uzoq kutilgan qaytish va shunday xato. Aniqrog‘i, 2023 yilning avgustidan buyon rasmiy o‘yinda maydon yuzini ko‘rmagan himoyachi bir hafta oldin Liga kubogi bahsida safga qaytgandi. Tayron bu orada «Villa»ning CHL yo‘llanmasi uchun kurashi, KL yarim finalidan tushib ketishi va Angliya termasining Yevro-2024 yarim finaligacha borishini chetdan tomosha qildi. Qolaversa, jismonan baquvvat himoyachi bunga qadar CHL o‘yinida biror marta maydonga tushmagandi. Ha, uning debyuti o‘xshovsiz chiqdi - 66 daqiqa harakat, yovvoyi penalti va sariq kartochka. Kamiga «Aston Villa» kamtarin raqibga yutqazdi yagona gol tufayli…

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:50, 23.11.2024.
O'qildi: 1196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.