Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul"ning asosiy transfer maqsadi ma’lum bo‘ldi

"Liverpul"ning asosiy transfer maqsadi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi va “Real Sosyedad” yarim himoyachisi Martin Subimendi faoliyatini Angliya premyer-ligasining top-klubida davom ettirish imkoniyatiga ega.

Bu haqda TeamTalk jurnalistlari xabar berishdi.

Manbaga ko‘ra, "Liverpul" yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. 25 yoshli futbolchi "qizillar"ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.

Mersisaydliklarning bu yo‘ldagi asosiy raqibi Londonning “Arsenal” jamoasi bo‘lib turibdi. Yarim himoyachining shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli 60 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 16:13, 23.11.2024.
O'qildi: 806 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик