Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ilyos Qurbonov: «Bu oxirgi imkonimiz edi»

Ilyos Qurbonov: «Bu oxirgi imkonimiz edi»

Baho:
+ | -

Superligada 25-tur ortda qoldi. «Metallurg» jamoasi bu tur «Surxon»ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Ilyos Qurbonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— «Surxon» jamoasi nimalarga qodir ekanligini bilar edik. Ular chempionatdagi eng tartibli va hujumkor futbol o‘ynaydigan jamoa. Rejamiz ish berdi. Ertaroq vaziyatdan foydalanib hammasini hal qilishimiz ham mumkin edi. Bu ligada jon saqlab qolish uchun oxirgi imkoniyatimiz edi. Agar mag‘lub bo‘lganimizda, taqdirimiz hal bo‘lar edi. O‘tgan safar aytganimdek, jang oxirigacha bo‘ladi. Qarshida ham munosib harakat qilmoqchimiz.

— Kucherenko himoya va hujumda birdek harakat qildi?! Uning taqdiri nima bo‘ladi?

— U avvalgi o‘yinlarda ham mudofaa chizig‘ida yordam bergan edi. «Surxon» ko‘p holarda yuqori chiqib borgani bois, Kucheronkoga to‘pni raqib o‘zlashtirmasidan oldin yopishini so‘ragan edik. U berilgan vazifani mukammal bajardi. Uning biz bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Hammasi o‘rnida bo‘lsa, bizga kelasi mavsumda ham yordam beradi.

— Yosovichning ahvoli qanday?

— Unda jarohat bor. 2 oydan beri davolanmoqda. Bizda hujum variantlari orasida qarshi hujumga mos tushadigan ijrochilarga e’tibor qaratdik.

— Sizning ishingizni ijobiy baholashmoqda. O‘zingizni qaysi uslubdagi murabbiy deb hisoblaysiz?

— Istalgan murabbiy tarkibida bor futbolchilardan kelib chiqib o‘yin quradi. Agar hujumkorlikni yaxshi ko‘radigan futbolchilar bo‘lsa, hujumkor futbol o‘ynaydi. Biz markazdagi ijrochilarimizga ishongan xolda, qarshi hujumda o‘ynashga harakat qilamiz. Yevropaga keladigan bo‘lsak, Gvardiolaning "Manchester Siti"si menga manzur keladi.

— Berdiyev "Neftchi" bilan o‘yindan keyin «Metallurg» bilan yoshlar bilan to‘p suramiz deb aytdi?!

— U inson bilan Qarshida 4 yil birga o‘ynaganmiz. "Nasaf" – chempion jamoa. Ularda ikkita bir xil tarkib bor. Xatto, yoshlari asosiy tarkibdagilardan ko‘proq ishtiyoqi bo‘ladi. Oson o‘yin bo‘lmaydi, biroq biz g‘alaba uchun chiqamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 00:15, 25.11.2024.
O'qildi: 783 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.