"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana "Ipsvich"ga qarshi o‘yindan so‘ng (1:1) intervyu berdi.
"Davom etishimiz kerak, xafa bo‘lishga vaqtimiz yo‘q. Oldinda yaxshi o‘yinlar borligini bilamiz. Yaxshi kunlar hali oldinda. Har doim aytganimdek, yomg‘ir abadiy yog‘maydi - ertami-kechmi quyosh chiqadi.
Mening seyvlarim? Bu o‘yinda g‘alaba qozonish uchun yetarli emas edi. Biz qattiq ishlashda davom etishimiz kerak", - deya Onana so‘zlarini keltiradi UtdDistrict.