Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Azimjon Ahmedov: «Andijon» bilan o‘zgacha hisob-kitobimiz bor»

Azimjon Ahmedov: «Andijon» bilan o‘zgacha hisob-kitobimiz bor»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining so‘nggi, 26-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «Andijon» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida «lochinlar»ning 32 yoshli tajribali sardori Azimjon Ahmedov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Jamoamiz joriy mavsumning oxirgi bahsini «Andijon»ga qarshi o‘tkazadi.  Mazkur klublar turnir jadvalida qaysi o‘rinda bo‘lishidan qat’iy nazar, «vodiy derbisi» o‘yinlari doimo shiddatli va keskin kurashlar ostida kechgan hamda bu safargi bahs ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta.

Bundan tashqari, jamoamizda sovrindorlar safidan joy olish imkoniyati saqlanib qolgan, shuningdek, bo‘lajak raqibimiz «Andijon» bilan Superliga va O‘zbekiston kubogi finalidagi alamli mag‘lubiyatlar uchun o‘zgacha hisob-kitobimiz bor.

Shuning uchun bo‘lajak o‘yinda maydonga o‘zgacha ruh va ishtiyoqda tushib, g‘alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashish, joriy mavsumning so‘nggi bahsini ijobiy tarzda yakunlashga harakat qilamiz hamda buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.        
Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman.

Fursatdan foydalanib, joriy mavsumda jamoamizga barcha sharoitlarni yaratib bergan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov va «Navbahor» klubi vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatovlarga futbolchilar nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi Azimjon Ahmedov.

Kiritildi: 18:09, 27.11.2024.
O'qildi: 929 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик