Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Hazilning tagi nima edi?

Hazilning tagi nima edi?

Baho:
+ | -

«Tottenxem»da kutilmagan muammo. Jamoaning urugvaylik yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur naq 7ta o‘yinga diskvalifikasiya qildi. Hammasiga uning klubdoshi Son Xyong Minga qaratgan qo‘pol hazili sababdir.

O‘zi nima bo‘ldi? Ancha bosiq sanalgan Rodrigo Bentankur Urugvay televideniyesida omadsiz hazilga yo‘l qo‘ydi, keyin Son Xyong Mindan oshkora kechirim ham so‘radi, biroq... Chunonchi, Rodrigoning o‘tgan yoz Urugvayning Canal10 telekanaliga bergan o‘sha intervyusi parchalari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Unda teleboshlovchi Rafael Kotelo futbolchidan «Tottenxem»dagi istalgan sherigi formasini berishini so‘raydi. Bentankur esa jilmayib javob beradi: «Sonnikini beraymi? Lekin bu uning qarindoshi futbolkasi ham bo‘lishi mumkin. Axir ular bir xil ko‘rinishadi». Boshlovchi esa Rodrigo gapini ma’qullaydi: «Ha, bu yaqqol seziladi». Ushbu videolavha esa Reddit tarmog‘iga «sakradi» va butun internet bo‘ylab virus misoli tez tarqaldi. Oqibatda Rodrigo ijtimoiy tarmoqlar orqali Son Xyong Mindan darhol uzr so‘radi: «Do‘stim Sonni! Qaltis hazil uchun kechir. Shunchaki, yomon hazil. Seni naqadar yaxshi ko‘rishimni bilasan. Senga hech qachon hurmatsizlik qilmayman yoki ranjitishni istamayman. Qaytaraman, seni yaxshi ko‘raman, aka!» Oradan 1 oy o‘tib esa, Angliya futbol assosiasiyasi urugvaylik futbolchiga ayblov e’lon qildi: «Noo‘rin xatti-harakat», shuning­dek, «Millati yoki irqiga qaratilgan haqoratli hamda kamsituvchi so‘zlar ishlatish».

U deyarli yig‘lab yubordi... Son Xyong Minning o‘zi Bentankurdan aslo xafa emas. Janubiy Koreya terma jamoasi yetakchisi hatto OAVda ugurvaylik klubdoshini himoya qilib chiqdi: «Rodrigo bilan gaplashdik. Ha, u xato qildi va buni darhol tushundi. Har holda, o‘z o‘rnida kechirim ham so‘radi. Menimcha, Bentankur hech qachon atayin haqoratomuz so‘z ishlatmaydi. Biz aka-ukalardekmiz. Hech narsa o‘zgarmadi. Barchasini birga yengib o‘tdik, mashg‘ulotlarda oldingidek yaxshi munosabatdamiz. Qisqasi, klubimiz uchun yaxlit kuch sifatida kurashamiz. Albatta, Rodrigoni yaxshi ko‘raman. Bizda umumiy ijobiy xotiralar juda ko‘p. U safimizga qo‘shilganidan buyon birgamiz. Qolaversa, o‘sha voqea ham ancha oldin ro‘y berdi. U hammasini angladi va darhol kechirim so‘radi. Biz ta’tilda edik. Ochig‘i, uyda o‘tirib, nima bo‘lganini ham tushunmagandim. Bentankur uzun xabar yubordi, barchasi yurakdan chiqqani sezilib turardi. U juda uyaldi ham. Yuzma-yuz ko‘rishganimizda esa, yana uzr so‘radi va yig‘lab yuborishiga sal qoldi. G‘oyat afsusda edi. Hammamiz insonmiz va xatodan xoli emasmiz. Faqat ulardan saboq chiqarsak, bas. Rodrigo barchasini tushundi, qo‘rqinchli joyi yo‘q...».

Qiziq, FIFA bu gaplarni inobatga olarmikan?

Bu Son Xyong Minga daxldor birinchi irqchilik janjali emas. Deylik, 2023 yili «Kristal Pelas» muxlislaridan biri koreyalik futbolchi ro‘parasida ko‘zini bosh­qacha shaklga solgani haqoratli harakat sifatida baholangan va u 3 yil muddatga stadionlarga kirish huquqidan mahrum etilgan. Umuman, «Tottenxem»ning har bir o‘yinidan keyin ijtimoiy tarmoq kengliklarida koreyslarning it go‘shtini tanovul qilishlari xususida yuzlab «tvit» tarqalishi oddiy holat. Son Xyong Minning APLdagi faoliyati davomida polisiya uning sha’niga qaratilgan irqchilik harakatlari ortidan jami 8 kishini «qo‘l»ga olgan.

Yana bir voqea: aynan 2023 yili Sky Sports sharhlovchisi Martin Tayler ham ehtiyotsizlik oqibatida muammoga duch kelgandi. Vaholanki, u bir qarashda, oddiy so‘zlarni ishlatgan edi: «Son sharq yakkakurashlari usulida himoyalanmoqda». Tomoshabinlar bunda irqchilik kayfiyati borligini aytishgach, kanal vakili 77 yoshli sharh­lovchi bilan «jiddiy suhbat» olib borishganini ma’lum qilgandi. E’tiborli tomoni, Son Xyong Minning o‘zi Angliyada barchasidan xursand, u irqchilik yuzasidan gapirganida, faqat Germaniyadagi faoliyatini esga olgandi: «Nemislarning baqirishlariga qarab, o‘zimga ma’qul harakat bilan ulardan qasd olishni o‘ylardim. Germaniya­ga yo‘l olganimda, juda yosh edim va u yerda qiyin lahzalarni boshdan o‘tkazishimga to‘g‘ri kelgan. Jumladan, irqchilikka yo‘g‘rilgan harakatlarga ham duchor bo‘lgandim».

 X.YUSUPOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:36, 27.11.2024.
O'qildi: 1080 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.