Madridning “Real” klubi rahbariyati Eduardo Kamavinga jarohat olganini tasdiqladi.
Madrid klubi yarim himoyachisi Chempionlar ligasi doirasida "Liverpul"ga qarshi o‘yinda (0:2) jarohat oldi - u 2-bo‘limda Aleksis Makallister bilan to‘qnashib ketganidan keyin o‘yinni davom ettira olmadi.
"Real Madrid" matbuot xizmatining xabar berishicha, Kamavingaga chap oyoq mushaklari jarohati tashxisi qo‘yilgan.
Avvalroq Kamavinga 2-3 haftani o‘tkazib yuborishi mumkinligi ma’lum bo‘lgandi.