Konor Bredli «Liverpul»ning bo‘lajak o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin.
«Qizillar» himoyachisi Chempionlar ligasi doirasida «Real»ga (2:0) qarshi kechgan o‘yinda tizzasidan jarohat oldi. U 87-daqiqada maydonni tark etdi.
Bredli bugun tekshiruvdan o‘tishi kerak edi, u jarohatning og‘irligini va tiklanish vaqtini aniqlaydi. Klub uning dekabr oyidagi asosiy o‘yinlarni o‘tkazib yuborishidan qo‘rqadi. Mersisaydliklar 28 kun ichida 9 marta maydonga tushishadi.
Kechagi uchrashuv yakunida tizzasida muammoga duch kelgan Ibrohima Konatening ahvoli ham klubni tashvishga solmoqda.