Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

President Cup. Nihal Sarin chempion bo‘ldi, Javohir Sindarov 2-o‘rinni egalladi

President Cup. Nihal Sarin chempion bo‘ldi, Javohir Sindarov 2-o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -

Toshkentda 21-29 noyabr kunlari o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha President Cup musobaqasi yakuniga yetdi. Musobaqada Nihal Sorin g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Hindistonlik grossmeyster 9 imkoniyatdan 7.5 ochko to‘pladi.

Bugun o‘tkazilgan so‘nggi turda Nihal Sarin Nodirbek Abdusattorov bilan to‘qnash keldi. Unda tomonlar durangga imzo chekishdi. Abdusattorov 6,5 ochko bilan turnirni 5-o‘rinda yakunladi.

8-turda Saringa yutqazgan Javohir Sindarov esa 7,0 ball bilan musobaqada 2-o‘rinni egalladi. Shuncha ochko to‘plagan Parham Maqsudlu (Eron) kuchli uchlikka kirgan bo‘lsa, Shamsiddin Vohidov to‘rtinchi bo‘ldi.

Nodirbek Yoqubboyev 6,5 ochko bilan oltinchi o‘rinni, Ortiq Nig‘matov esa 6,0 ball bilan yettinchi pog‘onani band etdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:23, 29.11.2024.
O'qildi: 1058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик