Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi Guskovning UFC’dagi navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi Guskovning UFC’dagi navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi UFC jangchisi Bogdan Guskov UFC 311 turniri doirasida jang qiladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Turnirda 32 yoshli Guskovga braziliyalik Joni Uoker raqiblik qiladi. Musobaqa 2025 yil 18 yanvar kuni AQSHning Los-Anejeles shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Guskov shu vaqtga qadar MMA’da 19 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U oxirgi jangini aprel oyida UFC on ESPN 55 turnir doirasida amerikalik Rayan Spennga qarshi o‘tkazib, raqibini texnik nokautga uchratgandi.

Uoker MMA’dagi debyutini 2013 yil dekabr oyida o‘tkazgan. Keyingi to‘rt yil davomida u Braziliyadagi janglarda qatnashib, 10 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyatni qayd etgan. Barcha g‘alabalari muddatidan oldin yakunlangan. Uoker 2018 yil 11 avgust kuni Dana Uaytning Contender Series turnirida debyut qilgan. U Enrike da Silva bilan jang qilib, hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan g‘alaba qozongan. Ushbu g‘alaba Uokerga UFC ro‘yxatidan joy olish imkonini bergan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:18, 30.11.2024.
O'qildi: 827 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.