Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Bugun 4 bokschimiz Yekaterinburgda ringga chiqadi, Aslanov kamar uchun jang qiladi

Bugun 4 bokschimiz Yekaterinburgda ringga chiqadi, Aslanov kamar uchun jang qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bugun Rossiya Federasiyasining Yekaterinburg shahrida navbatdagi prof boks turniri tashkil etiladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu turnir kardidan to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschining ham jangi o‘rin olgan. Oqshomning co main-event jangida ikkinchi o‘rta vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz Odiljon Aslonov WBA Asia kamari uchun rossiyalik Nikita Zonga qarshi ringga ko‘tariladi. "Premier Boxing Academy" bokschisi bo‘lib turgan Aslonov kechagi tarozi marosimida 75,8 kg tosh bosdi. Uning raqibi Nikita Zon esa 76,05 kg vazn qayd etdi. Jang 10 raunddan iborat bo‘ladi.

Havaskor boksda aytishga arzigulik yutuqlarga erishgan hamyurtimiz Saidjamshid Ja’farov prof boksdagi debyut jangida rossiyalik Gor Oganesyanga qarshi ringga chiqadi. Uning raqibi prof ringda 1 tadan g‘alaba, durang va mag‘lubiyat qayd etgan. 69,9 kg vazn toifasida o‘tkaziladigan ushbu jang 6 raund etib belgilangan. Buxorolik bokschimiz tarozida 70,6 kg, raqibi esa 70,9 kg vaznga ega ekani oydinlashdi.

Yana bir bokschimiz Bobo-Usmon Baturov ham bugungi oqshomda o‘z jangini o‘tkazadi. Jizzaxlik charm qo‘lqop ustamiz prof boksdagi beshinchi jangida britaniyalik Mishel Kingga qarshi ringga chiqadi. King hisobida 6 g‘alaba (4 ta nokaut) va 2 mag‘lubiyat bor. Jang 8 raunddan iborat bo‘ladi. Baturov 68,75, King 68,9 kg vazn qayd etdi.

Andijonlik Shahbozbek Tolibjonov bugun prof ringdagi to‘rtinchi jangini o‘tkazadi. Yengil vazndagi bokschimiz 6 raundlik jangda tojikistonlik Asror Vohidovga qarshi ringga ko‘tariladi. Vohidov ancha tajribali bo‘lib, prof boksda 12 g‘alaba (7 nokaut) va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

Bugungi turnirning markaziy jangi Isroil Madrimovning chempionlik jangidagi sobiq raqibi rossiyalik Magomed Kurbanov hamda yana bir rossiyalik bokschi Aslanbek Kozayev o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Magomed Kurbanov — 72 kg, Aslanbek Kozayev — 71,8 kg tosh bosdi.

Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 13:01, 30.11.2024.
O'qildi: 511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.