Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Sergey Lushchan: «O‘yin menga yoqdi»

Sergey Lushchan: «O‘yin menga yoqdi»

Baho:
+ | -

«Navbahor» – «Andijon» (3:3) o‘rtasidagi o‘yindan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan qatnashdi va jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

— Sergey Ivanovich, bugungi uchrashuv haqida nima deya olasiz?

— O‘zingiz ko‘rdingiz, o‘yin boshidan oxirigacha qizg‘in kurashlar ostida kechdi. Darvozalarga jami oltita to‘p kiritildi. Aftidan, oxirgi uchrashuvga kelib qandaydir masala hal qilinar ekan, o‘yin doim mana shunday ruhda o‘tadi. Hozir nimadir deyish qiyin. Buning uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi. Shundan keyin fikrni bir joyga jamlab baho berish mumkin. Bevosita bugungi bellashuvga kelsak, menga yoqdi. Uchinchi o‘rin – bu uchinchi o‘rindir.

— Bugungi o‘yin va 3-o‘rin uchun rahmat. Klubni ikkinchi davrada boshqarishga kirishdingiz. Natijalardan ko‘nglingiz to‘ldimi? Kelgusi mavsum uchun asosiy rejangiz bilan ham o‘rtoqlashsangiz.

— Hozirgina birgalikda amalga oshirgan ishlar uchun yigitlarga minnatdorlik bildirib chiqdim. Bilasizmi, mavsum yarmidan o‘z qarashlaringiz va rejalaringizni yigitlarga singdirish juda qiyin bo‘ladi. Klubda ish boshlagan dastlabki ikki hafta haddan tashqari og‘ir bo‘lgan. Bosim o‘ta yuqori edi. Yigitlarga rahmat. Ular bunga dosh bera oldilar. Bizda ayniqsa yuzaga kelgan xavfli vaziyatlardan unumli foydalanish borasida katta muammo bor edi. Vaholanki, bahs davomida bunday holatlarni boshqalarga nisbatan ikki-uch barobar ko‘proq yuzaga keltira olardik. Ko‘ngil to‘lish masalasiga kelsak, ha, mana shunday futbolchilar bilan birga ishlaganimdan ko‘nglim to‘ldi. Yigitlarga nimanidir o‘rgatish yoki o‘qitish shart bo‘lmadi. Shunchaki, to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatib qo‘yish yetarli bo‘ldi, xolos. Keyin nima bo‘ladi? Buni bilmayman. Holbuki, biz o‘z qarashlarimiz va shartlarimizni bildirib bo‘ldik. Menimcha, jamoada yuqori mahoratli o‘yinchilar kam qolsa kerak. Oldinga katta vazifalar uchun kurashadigan jamoani asosan yoshlardan tuzish majburiyatini qo‘yar ekan, bunday mahalda avvalo murabbiylar shtabini uch karra yaxshiroq kuchaytirish darkor bo‘ladi. Agar rahbariyat 31 dekabrga qadar biz ilgari surgan shartlarni bajara olsa, u holda klubda qolib ishni davom ettiramiz. Chunki shartnomamiz yarim yilga tuzilgan. Agar rahbariyat bunga ko‘nsa qolamiz, aks holda...

— Seleksiya ishlari qanday ketyapti? Qaysi futbolchilarning shartnomalari tugadi? Klubda kimlar qoladi?

— Seleksiya masalasida bizda bosh va hamda sport direktorlari ishlashyapti. Men ularning ishiga aralashmayman. O‘zim va yordamchilarimning klubdagi kelajagi nima bo‘lishini bilmay turib bu savolingizga javob berishim dargumon. Asosiysi, bu yo‘nalishda ish olib borilmoqda. Men avval boshidan tarkibni yoshartirish va buning uchun asosan Namanganning o‘zidan o‘yinchilar chaqirish kerakligini aytganman. Bunday futbolchilar vodiyning turli klublarida to‘p suryapti. Asosan klub tarbiyalanuvchilarini chaqirish kerak. Bu vazifani esa sport direktori bajaradi. Bilishimcha, muzokaralar davom etyapti. Taxminan qaysi o‘yinchilarni jalb etishmoqchi ekanligini bilaman. Shartnomalari tugagan futbolchilarning bari esa klubdan ketadi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:18, 30.11.2024.
O'qildi: 693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.