"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Liverpul"ga (0:2) qarshi o‘yindagi xatti-harakatlarini tushuntirib berdi.
"Men o‘zimni nazorat qilishni yo‘qotdimmi? Men hech qachon xotirjam bo‘lmaganman. G‘alaba qozongan odamlar juda xotirjam, mehribon va sovuqqon bo‘ladi. G‘alaba qozonmasang, hammasi butunlay boshqacha bo‘ladi", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.