"Yuventus" ustozi Tyago Motta "Bolonya" bilan o‘yindagi durangdan so‘ng (2:2) fikr bildirdi.
"Bolonya" ikkinchi golni urganida o‘yin deyarli tugagandi, ammo yigitlarimiz xarakter ko‘rsatishdi va hamma narsani o‘zgartirishdi - bu ijobiy daqiqa.
Jamoa qiyin sharoitlarda o‘ynashdan voz kechmadi. Tabiiyki, 0:2 hisobida tavakkal qilishga majbur bo‘ldik - o‘sha paytda bu oson bo‘lmadi.
Raqiblarimiz bosimi biz uchun juda ko‘p muammolarni keltirib chiqardi", - deya Mottaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia.