Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Otabek Umarov stol tennisi federasiyasiga tashrif buyurdi

Otabek Umarov stol tennisi federasiyasiga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -
MOQ rahbariyati joylarda sport federasiya va assosiasiyalarining yangi Olimpiya sikliga tayyorgarlik rejalari bilan tanishmoqda.

Kecha mutasaddilar O‘zbekiston stol tennisi federasiyasining bu boradagi taqdimotini tahlil qilishdi.

Stol tennischilarimiz shu paytgacha Afina-2004 va Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishgan.

Uchrashuvda Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga ham erkaklar, ham ayollar terma jamoamiz vakillarining yo‘llanma olishlari kerakligi, buning uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi ma’lum qilindi.

Federasiya mas’ullari ushbu sportda qit’a va jahon miqyosida raqobatning kuchli ekanidan kelib chiqqan holda Olimpiada lisenziyalari mintaqaviy saralash turniri orqali qo‘lga kiritilishi ko‘zda tutilganini ta’kidlashdi.

MOQ rasmiylari sportchilarimizning jahon reytingidagi o‘rinlarini kuchaytirish, muntazam nufuzli musobaqalardagi ishtiroklarini ta’minlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdilar.

Qolaversa, uchrashuvda stol tennisini mamlakatimizda yanada ommalashtirish borasida belgilangan rejalar haqida ham so‘z bordi.

Suhbat davomida qizlarimizning o‘z yosh toifalarida jahon chempionatlarida ishtirok etib kelishayotganidan kelib chiqqan holda ularning salohiyatini yanada oshirish maqsadida ko‘proq xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Kiritildi: 19:55, 08.12.2024.
O'qildi: 767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик