Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Vest Xem" YTHga uchragan hujumchisiga yangi shartnoma taklif qilishi mumkin

"Vest Xem" YTHga uchragan hujumchisiga yangi shartnoma taklif qilishi mumkin

Baho:
+ | -

"Vest Xem" hujumchisi Maykl Antonio bir necha kun oldin jiddiy yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Futbolchi shikastlangan mashinadan taxminan 45 daqiqa olib chiqildi, shundan so‘ng vertolyotda kasalxonaga jo‘natildi. Antonioning hayoti xavf ostida emas, lekin u oyoqlaridan jiddiy jarohat olgan.

Mayklning tiklanishi uchun bir yil kerak bo‘lishi kutilmoqda. Ehtimol, futbolchi faoliyatini butunlay yakunlashiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, The Times nashrining yozishicha, "Vest Xem" Antonioni yangi shartnoma bilan qo‘llab-quvvatlashi mumkin. 34 yoshli futbolchining haftasiga 90 ming funt maosh oladigan amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: 22:52, 10.12.2024.
O'qildi: 393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик