"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida "Atalanta"ga qarshi o‘yinda (3:2) o‘zini hayratda qoldirgan va eng yuqori saviyada o‘ynagan jamoasining uchta o‘yinchisini aytdi.
"Ajoyib o‘ynagan o‘yinchilar bor. Sebalyos ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, u menga juda yoqdi. Fran Garsiya yuqori saviyada o‘ynadi, Braim Dias ham ajoyib edi," - deya Anchelotti so‘zlaridan iqtibos keltiradi Ispaniyaning Marca nashri.