Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Gvardiola: "Bizni har doimgi uslubimiz qutqaradi"

Gvardiola: "Bizni har doimgi uslubimiz qutqaradi"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola inqiroz davrida jamoaga nima yetishmayotganini aytdi.

Ispaniyalik murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, "shaharliklar" barqarorlikni tiklash uchun odatdagi o‘yin uslubiga qaytishlari kerak.

"Bizni har doimgi uslubimiz qutqaradi. Biz hozir kerakli darajada o‘ynamayapmiz. Yillar davomida bizning kuchimiz to‘pga egalik qilishda bo‘ldi – biz sabr bilan o‘ynadik va raqiblarimizni ko‘p yugurishga majbur etdik.

Endi biz juda tez hujum qilamiz, kerakli sur’atni saqlamaymiz, to‘pni yo‘qotamiz va tez-tez qarshi hujumlarga yo‘l qo‘yamiz - bunday o‘yinda istalgan jamoa bizdan yaxshiroq.

Biz yana hammasini soddalashtirishimiz kerak – o‘shanda ishonchimiz qaytadi", — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi City Raport.

Kiritildi: 08:34, 11.12.2024.
O'qildi: 484 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик