"Leypsig" yarim himoyachisi Kristof Baumgartner "Aston Villa"ga (0:1) qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida jamoasining o‘yini haqida gapirdi.
"Qiyin o‘yin bo‘ldi, hisob tez-tez o‘zgardi va biz ikki marta qaytishga muvaffaq bo‘ldik. Uchinchi marta o‘tkazib yuborganimiz alamli bo‘ldi. Bizda esa uchinchi golni urish uchun kuchimiz ham, omadimiz ham yo‘q edi" - dedi Kristof Baumgartner UYEFA rasmiy saytiga.