Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/12 00:00 Chelsi 2-1 Brentford
16/12 00:00 Sautgempton 0-5 Tottenhem
16/12 00:45 Milan 0-0 Jenoa
16/12 01:00 Barselona 0-1 Leganes
17/12 00:45 Lasio 0-6 Inter
17/12 01:00 Bornmut 1-1 Vest Xem

Futbol universalizmidagi yangi davr ramzi!

Baho:
+ | -

Futbol olami shiddatli parvozlarni xush ko‘radi.

Quyi ligalardan elitaga ko‘tarilgan jamoalardagi dadillik, fenomenal gollar va qahramonlar kimlarni lol qoldirmaydi, deysiz. Biroq ba’zan shunday voqealar ham odatiy mezon chegarasidan chiqib ketadi. Viktor Dyokeresh shunchaki, to‘purar emas, u futbol universalizmidagi yangi davr ramzi!  «Sporting»ning shvesiyalik hujumchisi tarixi - vunderkind haqidagi tipik ertak emas, balki asta-sekin, metod usulida rivojlanish hikoyasi.

Den Eshuort uni 1,2 mln. yevroga qo‘yib yuborgandi. Endi 100 mln.ga xarid qilishi mumkin!

O‘z faoliyatini Shvesiyaning «Brommapoykarna» klubida boshlagan Dyokeresh tez orada angliyalik skautlar radarlaridan joy oldi. «Brayton»da o‘z o‘rnini topa olmagach, ijara asosida «Sankt-Pauli» va «Suonsi» va «Koventri»da to‘p surdi. Keyin esa «Sporting» o‘zi uchun rekord maqomidagi (24 mln. yevro) mablag‘ evaziga Viktorni Lissabonga olib ketdi.

Agar Dyokeresh «Bray-ton»­da qolganida, hozir biz hech qanday superyulduz maqomi xususida og‘iz ochmasdik. U yerda 20 yoshli shved hech kimni qoniqtira olmagandi. «Viktorning jismoniy holatiga e’tiroz bo‘lmagan. Lekin unga futbol intellekti yetishmagandi», - deya xotirlaydi «Brayton» yoshlar jamoasining murabbiyi Saymon Rask.

Hozirda mazkur e’tirof «Brayton»ning skautlik tizimiga ayblov hukmidek tuyuladi! Noyob iqtidorlarni tanlash bobida shuhrat qozongan klub (Kaysedoni 116, Kukurelyani 65,3 mln. yevroga pullagan) taqdiriga shunday xatolik ham bitilgan ekan.

«Sankt-Pauli» va «Suonsi»dagi 4 yillik ijara rejani chalkashtirib yubordi. Natijada klub Dyokereshni kulgili 1,2 mln. yevroga «Koventri»ga sotib yubordi. Hozir bu raqamni o‘sha vaqtda transferni amalga oshirgan Den Eshuort achchiq kinoya bilan eslaydi. Taqdirning taqozosi bilan, Eshuort hozir Ruben Amorim ortidan Dyokeresh yo‘l olishi taxmin qilinayotgan «MYU»da sport direktori vazifasini ado etmoqda.

Dyokeresh qanday qilib «Sporting»ni raqiblar kushandasiga aylantirdi?

O‘tgan yil yozida «Sporting» Dyokeresh uchun 24 milliondan voz kechganida, ko‘pchilik ekspertlar hayron qolishgandi: Viktorni navqiron yulduz deyish mumkin emas (garchi «Koventri» safida 3 mavsumda 43ta gol urgan bo‘lsada), qolaversa, angliyaliklar Portugaliya-ga juda kam keladilar - hatto Chempionship toplari ham. Biroq Amorim shvesiyalik futbolchida shunchaki, sermahsul hujumchi maqomidan ko‘proq fazilatlarni ko‘rgandi. Ana shu «ko‘proq» xislatlar bir yildan keyin Yevropadagi eng ishonchli himoyachilar uchun chinakam dahshatga aylandi.

Viktor ustozning falsafasini juda tez qabul qildi, yangi uslubga moslashish yashin tezligida o‘tdi, natijalar tinimsiz ravishda ko‘tarila boshladi va ichki arenadan xalqaro musobaqalarga ham ko‘cha boshladi. Uning «Manchester Siti»ga qarshi bahsdagi xet-triki Gvardiolani shok holatiga tushirgan bo‘lsa, hujumchining o‘zi Yevropa bozoridagi eng xaridorgir o‘yinchilardan biri ekanligini isbotladi.

«Shunday futbolchilar borki, ular jamoaning o‘yin uslubini belgilab beradilar. Dyokeresh esa o‘sha uslubni o‘zgartiradi va «Sporting»ni doimiy xavfli jamoaga aylantiradi. Viktorning ustunlik xislatlari ayniqsa, yakuniy bosqichda yorqin namoyon bo‘ladi», - degandi Amorim shogirdi haqida.

Darvoqe, «Siti» ustidan erishilgan g‘alaba «Sporting» hujumchisining shaxsiy hayotidagi yangi burilishni fosh etdi. Viktor «Tottenxem»ning shvesiyalik futbolchisi Amanda Nilden bilan uchrashib yurardi. Juftlikning o‘zaro munosabatlari to‘xtagach, portugaliyalik taniqli aktrisa Inesh Agiar uning ma’shuqasiga aylandi. Ular ancha vaqtgacha yangilikni ovoza qilishmagandi. Biroq «shaharliklar»ga qarshi bellashuv paytida Inesh Viktorni qo‘llab-quvvatlab turdi.

Yangi Ibragimovichmi?

Dyokereshning Shvesiya terma jamoasidagi faoliyatiga esa yoshlar o‘rtasidagi Yevro-2017 turniri sabab bo‘ldi. Viktor bu musobaqada sermahsul to‘p surib, Rafael Leau va Meyson Maunt bilan birgalikda eng yaxshi to‘purar unvoniga sazovor bo‘lgandi. Ayni shu kunlarda terma jamoaning muxlisu-mutaxassislari shunday monstrga ega bo‘lishganidan juda mamnunlar. Dyokereshning YEML turniridagi salmoqli (9+4) ulushi evaziga jamoa «V» divizioniga qaytdi, merganning o‘zi esa Erling Xoland, Rezvan Marin, Krishtianu Ronaldu va Benyamin Sheshkodek snayperlarni ortda qoldirgan holda, to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib bormoqda.

Hujumchining sermahsulligi guruh bosqichining Ozarbayjonga qarshi so‘nggi bellashuvida to‘liq bo‘y ko‘rsatdi: pokerga erishgan Dyokeresh terma jamoa chinakam merganga ega bo‘lganligini yana bir marta isbotladi.

Amorim Viktorni «MYU»ga olib ketadimi?

«MYU» boshqaruvini rasman o‘z zimmasiga olgan Ruben Amorim «Sporting» o‘yin-chilarini yanvarda xarid qilmasligini bayon etdi. Biroq yozda hammasi o‘zgarib ketishi mumkin. Portugaliyalik mutaxassis o‘z tizimiga mos tushadigan va yuqoriroq saviyadagi jamoada to‘p surishni orzu qilayotgan hujumchidan voz kechishini tasavvur qilish qiyin.

Lekin bu masalada ikki muammo ham bor. Birinchidan, Dyokereshning Yevropani yanchib tashlayotganidan boshqa top-klublar mutasaddilari ham yaxshi xabardorlar. Ikkinchidan, Viktorning tovon pulini «Transfermarkt» 70 mln. yevroga baholagan bo‘lsada, aslida, 100 mln. yevro. Bu esa «MYU» va Amorim uchun, shuningdek, ikki yil avval futbolchini 1,2 mln.ga sotib yuborgan Den Eshuort uchun ham ulkan tavakkal. Den Eshuort uni 1,2 mln. yevroga qo‘yib yuborgandi. Endi 100 mln.ga xarid qilishi mumkin!

O‘z faoliyatini Shvesiyaning «Brommapoykarna» klubida boshlagan Dyokeresh tez orada angliyalik skautlar radarlaridan joy oldi. «Brayton»da o‘z o‘rnini topa olmagach, ijara asosida «Sankt-Pauli» va «Suonsi» va «Koventri»da to‘p surdi. Keyin esa «Sporting» o‘zi uchun rekord maqomidagi (24 mln. yevro) mablag‘ evaziga Viktorni Lissabonga olib ketdi.

Agar Dyokeresh «Bray-ton»­da qolganida, hozir biz hech qanday superyulduz maqomi xususida og‘iz ochmasdik. U yerda 20 yoshli shved hech kimni qoniqtira olmagandi. «Viktorning jismoniy holatiga e’tiroz bo‘lmagan. Lekin unga futbol intellekti yetishmagandi», - deya xotirlaydi «Brayton» yoshlar jamoasining murabbiyi Saymon Rask.

Hozirda mazkur e’tirof «Brayton»ning skautlik tizimiga ayblov hukmidek tuyuladi! Noyob iqtidorlarni tanlash bobida shuhrat qozongan klub (Kaysedoni 116, Kukurelyani 65,3 mln. yevroga pullagan) taqdiriga shunday xatolik ham bitilgan ekan.

«Sankt-Pauli» va «Suonsi»dagi 4 yillik ijara rejani chalkashtirib yubordi. Natijada klub Dyokereshni kulgili 1,2 mln. yevroga «Koventri»ga sotib yubordi. Hozir bu raqamni o‘sha vaqtda transferni amalga oshirgan Den Eshuort achchiq kinoya bilan eslaydi. Taqdirning taqozosi bilan, Eshuort hozir Ruben Amorim ortidan Dyokeresh yo‘l olishi taxmin qilinayotgan «MYU»da sport direktori vazifasini ado etmoqda.

Dyokeresh qanday qilib «Sporting»ni raqiblar kushandasiga aylantirdi?

O‘tgan yil yozida «Sporting» Dyokeresh uchun 24 milliondan voz kechganida, ko‘pchilik ekspertlar hayron qolishgandi: Viktorni navqiron yulduz deyish mumkin emas (garchi «Koventri» safida 3 mavsumda 43ta gol urgan bo‘lsada), qolaversa, angliyaliklar Portugaliya-ga juda kam keladilar - hatto Chempionship toplari ham. Biroq Amorim shvesiyalik futbolchida shunchaki, sermahsul hujumchi maqomidan ko‘proq fazilatlarni ko‘rgandi. Ana shu «ko‘proq» xislatlar bir yildan keyin Yevropadagi eng ishonchli himoyachilar uchun chinakam dahshatga aylandi.

Viktor ustozning falsafasini juda tez qabul qildi, yangi uslubga moslashish yashin tezligida o‘tdi, natijalar tinimsiz ravishda ko‘tarila boshladi va ichki arenadan xalqaro musobaqalarga ham ko‘cha boshladi. Uning «Manchester Siti»ga qarshi bahsdagi xet-triki Gvardiolani shok holatiga tushirgan bo‘lsa, hujumchining o‘zi Yevropa bozoridagi eng xaridorgir o‘yinchilardan biri ekanligini isbotladi.

«Shunday futbolchilar borki, ular jamoaning o‘yin uslubini belgilab beradilar. Dyokeresh esa o‘sha uslubni o‘zgartiradi va «Sporting»ni doimiy xavfli jamoaga aylantiradi. Viktorning ustunlik xislatlari ayniqsa, yakuniy bosqichda yorqin namoyon bo‘ladi», - degandi Amorim shogirdi haqida.

Darvoqe, «Siti» ustidan erishilgan g‘alaba «Sporting» hujumchisining shaxsiy hayotidagi yangi burilishni fosh etdi. Viktor «Tottenxem»ning shvesiyalik futbolchisi Amanda Nilden bilan uchrashib yurardi. Juftlikning o‘zaro munosabatlari to‘xtagach, portugaliyalik taniqli aktrisa Inesh Agiar uning ma’shuqasiga aylandi. Ular ancha vaqtgacha yangilikni ovoza qilishmagandi. Biroq «shaharliklar»ga qarshi bellashuv paytida Inesh Viktorni qo‘llab-quvvatlab turdi.

Yangi Ibragimovichmi?

Dyokereshning Shvesiya terma jamoasidagi faoliyatiga esa yoshlar o‘rtasidagi Yevro-2017 turniri sabab bo‘ldi. Viktor bu musobaqada sermahsul to‘p surib, Rafael Leau va Meyson Maunt bilan birgalikda eng yaxshi to‘purar unvoniga sazovor bo‘lgandi. Ayni shu kunlarda terma jamoaning muxlisu-mutaxassislari shunday monstrga ega bo‘lishganidan juda mamnunlar. Dyokereshning YEML turniridagi salmoqli (9+4) ulushi evaziga jamoa «V» divizioniga qaytdi, merganning o‘zi esa Erling Xoland, Rezvan Marin, Krishtianu Ronaldu va Benyamin Sheshkodek snayperlarni ortda qoldirgan holda, to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib bormoqda.

Hujumchining sermahsulligi guruh bosqichining Ozarbayjonga qarshi so‘nggi bellashuvida to‘liq bo‘y ko‘rsatdi: pokerga erishgan Dyokeresh terma jamoa chinakam merganga ega bo‘lganligini yana bir marta isbotladi.

Amorim Viktorni «MYU»ga olib ketadimi?

«MYU» boshqaruvini rasman o‘z zimmasiga olgan Ruben Amorim «Sporting» o‘yin-chilarini yanvarda xarid qilmasligini bayon etdi. Biroq yozda hammasi o‘zgarib ketishi mumkin. Portugaliyalik mutaxassis o‘z tizimiga mos tushadigan va yuqoriroq saviyadagi jamoada to‘p surishni orzu qilayotgan hujumchidan voz kechishini tasavvur qilish qiyin.

Lekin bu masalada ikki muammo ham bor. Birinchidan, Dyokereshning Yevropani yanchib tashlayotganidan boshqa top-klublar mutasaddilari ham yaxshi xabardorlar. Ikkinchidan, Viktorning tovon pulini «Transfermarkt» 70 mln. yevroga baholagan bo‘lsada, aslida, 100 mln. yevro. Bu esa «MYU» va Amorim uchun, shuningdek, ikki yil avval futbolchini 1,2 mln.ga sotib yuborgan Den Eshuort uchun ham ulkan tavakkal.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:59, 16.12.2024.
O'qildi: 281 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.