Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Nikolich: "Fayzullayev, albatta, xorijda o‘ynashi mumkin!"

Nikolich: "Fayzullayev, albatta, xorijda o‘ynashi mumkin!"

Baho:
+ | -

SSKA bosh murabbiyi Marko Nikolich jamoasining yosh yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevning salohiyati haqida fikr bildirdi. Serbiyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, o‘zbekistonlik futbolchi kelajakda Yevropa darajasida o‘ynash salohiyatiga ega.  

— Sizcha, Fayzullayevning karyerasi qanday rivojlanmoqda?  

— Kelajakda kuchli o‘yinchi bo‘lishi aniq. Bu yilda ham uning samaradorligi avvalgidek. Yaxshi, ammo yana ozgina kuchayishi kerak, deb o‘ylayman. Ikkinchi yilni birinchisidan yuqori darajada o‘tkazishi zarur. Mavsumning bir qismida bizda sakkiz-to‘qqizta o‘yindaye iborat mag‘lubiyatsiz seriya bo‘lgandi. O‘sha paytda jamoamizni oldinga tortayotganlar Vanya Oblyakov va Fayzullayev edi — ularning gollari va assistlari orqali.  

Fayzullayev haqida gapirsak, u mavsumni biroz yomon boshladi, chunki Olimpiya o‘yinlarida qatnashgani uchun yig‘inlardan bizdan ajralgan edi, keyin qayta qo‘shildi. Ammo shundan so‘ng u o‘sishda davom etdi. Qatorisiga uch-beshta o‘yinda eng yaxshi futbolchi bo‘ldi. Albatta, hozirda biroz pasayish bo‘lyapti. Hozir jamoada mas’uliyatni boshqalar olishi kerak. Fayzullayev esa so‘nggi besh o‘yinda bor kuchini sarflashi zarur, shu yo‘l bilan unga jiddiy tayanish mumkinligini ko‘rsatadi.  

U 21 yoshda, yosh yigit, Osiyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisi. Hozir uni kuzatish juda qiziq — u bulutlarda uchib yuradimi yoki yerda sobit qoladimi. Uning kelajagi bor. U chet elda o‘ynashi aniq. Bunga uning salohiyati yetarli, — dedi Nikolich «Komment.SHou» YouTube-kanaliga bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 18:03, 17.12.2024.
O'qildi: 1482 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.