Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Toshkentda kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi

Toshkentda kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Kecha poytaxtimizdagi "Universal" sport majmuasida milliy kurashimiz bo‘yicha World Series Pro xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tashkil etilgan ushbu musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 170 000 AQSH dollaridan iborat bo‘lib, har bir vazn chempionlari 10 000 dollarga ega chiqishdi. 

Bu yil World Series Pro turniri jami 10 ta vazn (erkaklar 6 ta, ayollar 4 ta) toifasida o‘tkazilib, unda jahon va qit’a chempionatlari hamda xalqaro turnirlarda yuqori reyting ochkolarini qo‘lga kiritgan 18 davlatdan 80 nafar kurashchi finalga yo‘llanma olgandi. Kecha "Universal" sport saroyi gilamlarida ana shu 80 kurashchi sovrinli o‘rinlar uchun o‘zaro bellashdi. 

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Xalqaro Kurash assosiasiyasi Birinchi vise-prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Kurash federasiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Xalqaro Kurash assosiasiyasi vise-prezidentlari – Afrika Kurash ittifoqi prezidenti Tomas Dunker, Yevropa Kurash konfederasiyasi prezidenti Mirab Iliadis, IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiri hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Erkaklar o‘rtasidagi eng og‘ir vazn toifasidagi bellashuvlar ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgandi. Kutilganidek, unda bir necha karra jahon chempioni Muhsin Hisomiddinov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal hamda 10 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi. Muhsin polvon finalda tojikistonlik Shakarmamad Mirmamadovni mag‘lubiyatga uchratdi. 

Barcha g‘olib va sovrindorlar:

ERKAKLAR

-66 kg vazn toifasi

1. Otabek Hasanov (O‘zbekiston)

2. Majid Vahid (Eron)

3. Bray Luchian (Moldova)

3. Ugur Zehir (Turkiya)

 

-73 kg vazn toifasi

1. Maulenin Abilkayir (Qozog‘iston)

2. Pakdel Elias (Eron)

3. Konstantin Zorya (Moldova)

3. Simon Vebber (Janubiy Afrika Respublikasi)

 

-81 kg vazn toifasi

1. Arslonbek Tojiyev (O‘zbekiston)

2. Ramin Ahmadzoda (Eron)

3. Dayanch Omirov (Turkmaniston)

3. Bekadil Shaymerdenov (Qozog‘iston)

 

-90 kg vazn toifasi

1. Erkin Qozoqov (O‘zbekiston)

2. Umar Bozorov (O‘zbekiston)

3. Halil Simen (Turkiya)

3. Muhammad Azaz (Misr)

 

-100 kg vazn toifasi

1. Shermuhammad Jandriyev (O‘zbekiston)

2. Ma’sud G‘avibazu (Eron)

3. Hamed Rashidi (Eron)

3. Jamshid Mamatrahimov (O‘zbekiston)

 

+100 kg vazn toifasi    

1. Muhsin Hisomiddinov (O‘zbekiston)

2. Shakarmamad Mirmamadov (Tojikiston)

3. Fares Eltayeb (Misr)

3. Muhammadkarim Hurramov (O‘zbekiston)

 

AYOLLAR

-52 kg vazn toifasi

1. Hilola Ortiqboyeva (O‘zbekiston)

2. Arezu Salimig‘alehtaki (Eron)

3. Daniki Shipers (Janubiy Afrika Respublikasi) 

3. Rozimenli Meymanova (Turkmaniston)

 

-63 kg vazn toifasi

1. Van-Ting Li (Xitoy Taypeyi)

2. Komila Qahhorova (O‘zbekiston)

3. Vladlena Guseva (Rossiya)

3. Tohiri Azaprivand (Eron)

 

-78 kg vazn toifasi 

1. Filura Ergasheva (O‘zbekiston)

2. Sabina Kadirova (Turkmaniston)

3. Saba Karamali (Eron)

3. Azra Ozkan (Turkiya)

 

+87 kg vazn toifasi 

1. Yulduz Muhammadiyeva (O‘zbekiston)

2. Fatima Bermaki (Eron)

3. Samriti (Hindiston)

3. Atabay Obru (Turkiya).

Kiritildi: 13:28, 18.12.2024.
O'qildi: 584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.