Braziliyalik hujumchi Neymar 6 yil o‘ynagan "PSJ"ni qanday tark etishga qaror qilgani haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap shundaki, u bu klubda o‘zini baxtli his qilmay qo‘ygan:
- "PSJ"ni tark etdim, shundan so‘ng darhol "Al-Hilol"dan taklif oldim. O‘sha paytga kelib men Parijda baxtli emas edim, murabbiy va rahbariyat meni boshqa ko‘rishni istamasdi. Ular buni menga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytishdi, keyin men qaror qabul qilishim kerak edi. "Al-Hilol"ning taklifi menga yoqdi", - deya Neymar so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2017 yildan 2023 yilgacha "PSJ" safida to‘p tepgan.