Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Jahon chempionatlarida shohsupaga ko‘tarilgan yosh sportchilarimiz pul mukofot bilan taqdirlanishdi

Jahon chempionatlarida shohsupaga ko‘tarilgan yosh sportchilarimiz pul mukofot bilan taqdirlanishdi

Baho:
+ | -
Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida dunyo birinchiliklarida shohsupaga ko‘tarilgan yosh atletlarimiz va ularning trenerlariga pul mukofotlari topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 apreldagi «Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 114-son Qaroriga binoan har yili Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularni tayyorlagan murabbiylar bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respubilkasi Sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, yosh sportchilarimiz hamda ularning ustozlari ishtirok etishdi. Marosim avvalida so‘z olgan rasmiylar o‘zbek sportining kelajagi bo‘lgan yoshlarimizni erishgan muvaffaqiyatlari bilan qutlab, ularga kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiliklari va Olimpiya o‘yinlarida ham shohsupaga ko‘tarilishlarini tilashdi.

Shundan so‘ng jahon chempionatlarida shohsupaga ko‘tarilgan 45 nafar sportchi va ularning murabbiylariga pul mukofotlarining sertifikatlari taqdim etildi. Prezident qaroriga muvofiq, oltin, kumush va bronza medali sohiblari mos ravishda 3500, 1750 va 875, ularni tayyorlagan trenerlar esa 2000, 1000 va 500 AQSH dollari miqdorida taqdirlanishdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 11:01, 21.12.2024.
O'qildi: 2388 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.