Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Eron chempionati. O‘runov penalti ishladi, ammo hakam VAR yordamida bekor qildi. Yakunda «Persepolis» mag‘lub bo‘ldi

Eron chempionati. O‘runov penalti ishladi, ammo hakam VAR yordamida bekor qildi. Yakunda «Persepolis» mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Eron chempionatining 13-turi doirasida "Persepolis" o‘z maydonida "Mis Rafsanjan" klubini qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.

Bahsning 5-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishdi. 25-daqiqada esa Oston O‘runovga nisbatan ishlatilgan qoidabuzarlik tufayli mezbonlar foydasiga penalti belgilandi. Ammo hakam videotakrorni tomosha qilgach, penaltini bekor qildi.

Oradan 9 daqiqa o‘tib "Mis" ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yin tugashiga 12 daqiqa qolganida "Persepolis" penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Alipur bu standartni golga aylantirdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 11-daqiqada "Mis Rafsanjan" uchinchi golni urdi.

Ushbu mag‘lubiyatdan keyin "Persepolis" 23 ochko bilan 4-o‘ringa tushib qoldi. "Mis Rafsanjan" klubi esa 13 ochko bilan 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Oston O‘runov bugungi bahsda to‘liq ishtirok etdi.

Eron chempionati, 13-tur
"PERSEPOLIS" - "MIS RAFSANJAN" - 1:3
Gollar: Alipur (78) — Jo‘laniy (5), Shuls (34), Alinajod (90+11)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:23, 21.12.2024.
O'qildi: 1641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.