Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Sherzod Esanovning FIFA elektron futbolchi pasportiga «Olimpik» va «Andijon» klublari qo‘shib qo‘yildi

Sherzod Esanovning FIFA elektron futbolchi pasportiga «Olimpik» va «Andijon» klublari qo‘shib qo‘yildi

Baho:
+ | -

FIFA xalqaro transferlar tizimini soddalashtirish, undagi ma’lumotlarni shaffof va to‘g‘ri yuritilishi masalasiga katta e’tibor qaratadi. Tashkilot bu yo‘lda Transfer Matching System (TMS) va Clearing House tizimlarini integrasiyalashga erishdi. Buning natijasida futbolchining elektron pasportini onlayn yuritib borish orqali uning kelgusi transferlaridan futbolchini tarbiyalagan klublarning pul ishlashi soddalashtirildi.  

Liga Rossiyaning "Akron" klubi a’zosi bo‘lgan Sherzod Esanovning elektron futbolchi pasportiga o‘zida mavjud ma’lumot va hujjatlardan kelib chiqib, uning «Andijon» va «Olimpik» klublari tarkibida ro‘yxatdan o‘tgan davrlarni kiritdi. FIFA esa bu ma’lumotlarni rasman tasdiqladi. Endi mazkur ikki klub Sherzod Esanovning kelgusi transferidan ulush olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.  

Esanov 12 yoshga to‘lganidan boshlab to birinchi mehnat shartnomasini imzolagunga qadar bo‘lgan davri aks etgan ma’lumotlar Ligada mavjud emas. Bu davr uchun kompensasiya futbolchining ma’lum bir klubga qarashli akademiya yoki futbol maktabida tahsil olganini isbotlovchi FIFA rasmiy tillaridan birida yuritilgan hujjat mavjud bo‘lgan holdagina to‘lanadi.  

Shundan kelib chiqib, Liga barcha futbol klublarini bu kabi hujjatlarni yuritishga e’tiborli bo‘lishga chaqiradi. Esanovga tegishli bunday hujjat shu yilning 31-dekabr sanasiga qadar taqdim etilsa, Liga Esanovning FIFA sahifasidagi ma’lumotlarini to‘ldirish ustida ish olib boradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:44, 21.12.2024.
O'qildi: 1628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик