Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saka yaqin oradagi o‘yinlarda "Arsenal"ga yordam berolmaydi

Saka yaqin oradagi o‘yinlarda "Arsenal"ga yordam berolmaydi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi keyingi bir necha hafta davomida Bukayo Sakasiz o‘yinlarni o‘tkazadi. "The Times" xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchi tizzasidan olgan jarohati tufayli 4-6 haftaga "kanonirlar" safida o‘ynay olmaydi. Bukayoning jarohati borasida "Arsenal"dan rasmiy xabar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Saka bugungi "Arsenal"ning yulduz futbolchilaridan biri, shuningdek, butun Premyer-ligadagi eng qimmat futbolchilardan biri hisoblanadi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Saka "Kristal Pelas" - "Arsenal" uchrashuvining birinchi bo‘limida jarohat olgandi. Uchrashuv o‘tgan shanba kuni bo‘lib o‘tgan va "Arsenal"ning g‘alabasi bilan yakunlangandi - 5:1.

Kiritildi: 17:04, 23.12.2024.
O'qildi: 558 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик