Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/04 10:00 Sementchi 2-2 Xorazm FA
16/04 16:30 Aral 0-3 So‘g‘diyona
16/04 18:00 Dinamo 3-1 Lochin
16/04 23:30 Nyukasl 5-0 Kristal Pelas
16/04 23:59 Real Madrid 1-2 Arsenal
16/04 23:59 Inter 2-2 Bavariya
17/04 19:00 Saudiya Arabistoni - Janubiy Koreya
17/04 20:00 Andijon - Surxon
17/04 22:15 O‘zbekiston - KXDR
19/04 00:00 Espanyol - Xetafe

Shuhrat Aslanov: «Nasaf-Farm» yosh va umidli futbolchilarga imkoniyat berish uchun tuzilgan»

Shuhrat Aslanov: «Nasaf-Farm» yosh va umidli futbolchilarga imkoniyat berish uchun tuzilgan»

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston Professional futbol ligasi “Nasaf-Farm” jamoasi kelgusi yilda Pro Liga musobaqalarida ishtirok etmasligini e’lon qildi. Bu xabar yurtimizdagi OAV orqali yoritildi va muxlislar uni turlicha qabul qilishdi. Klubimiz prezidenti Shuhrat Aslanov bu holat yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

- “Nasaf-Farm” jamoasi bu yil 1-Liga musobaqalarida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu yutuq futbolchilar, murabbiylar va albatta bizni ham xursand qildi. Chempionlik kelgusi mavsumda Pro Ligada ishtirok etish imkoniyatini beradi. Lekin Pro Ligada asosan Superligaga chiqishni maqsad qilgan jamoalar ishtirok etishi hammaga ma’lum.

“Nasaf-Farm” jamoasining Pro Ligada qatnashmasligi futbolchilar va ularning ota-onalari uchun ma’lum darajada g‘amgin xabar bo‘lishi mumkin. Ammo buning ikkinchi tomoni ham bor. “Nasaf” futbol klubida yaxshi tizim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, klub qoshida futbol maktabi faoliyat yuritadi. Mazkur maktabning U-19 va U-21 yoshdagi tarbiyalanuvchilari ham PFL musobaqalarida ishtirok etishadi. Yosh chegarasi tufayli o‘yin amaliyotisiz qolgan yosh va umidli futbolchilar uchun aynan “Nasaf-Farm” jamoasi tashkil etilgan edi.

Biz o‘z futbol maktabimizdan chiqqan yoshlarga uchinchi yildirki imkoniyat yaratib kelyapmiz. Bu jamoaning asosiy vazifasi bosh jamoaga iqtidorli futbolchilarni yetkazib berishdir. Qishki yig‘inlar davomida ham farm jamoadan futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Farm jamoaning Pro Ligada qatnashishi klubning yillik xarajatlariga qo‘shimcha yuklama bo‘ladi. Shu sababli jamoa kelgusi yilda Pro Ligada emas, balki 1-Ligada ishtirokini davom ettiradi. “Nasaf”ning rivojlanish strategiyasiga muvofiq, ushbu mablag‘lar futbol maktabining U-19, U-21 va “Nasaf-Farm” jamoalarining kelgusi yilda sifatli ishtirok etishini ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 20:50, 23.12.2024.
O'qildi: 484 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz