"Inter"ning amaldagi prezidenti Juzeppe Marotta transfer rejalari haqidagi savolga javob berdi.
"Neradzurrilar" rahbarining fikricha, klub qishki transfer oynasida faol bo‘lishi dargumon.
"Yanvar oyida biz bozorga chiqamiz deb o‘ylamayman. Birinchidan, biz hozirgi tarkibimizdan mamnunmiz, ikkinchidan, qishda bozorda jozibador imkoniyatlar unchalik ko‘p emas", dedi Marotta Sky Sport nashriga.