Krishtianu Ronaldu sevgilisi Jorjina Rodriges va farzandlari bilan Laplandiyada chiroyli dam olmoqda.
Buni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rish mumkin. Bir kun oldin Krishtianu va Jorjina bolalarni Santa Klausni ko‘rishga olib borishdi, u yerda ular maroqli vaqt o‘tkazishdi va hatto 2025-yilga bo‘lgan tilaklarini ham qoldirdilar.
Ronaldu o‘rmon yaqinidagi qorli maydonda kiyik bilan tushgan surati bilan ham obunachilarni xursand qildi.