Fotih Terim Saudiya Arabistonining "Ash-SHabab" klubi bosh murabbiyi bo‘ladi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Tomonlar o‘rtasida shartnoma imzolanishi yaqin soatlarda bo‘lib o‘tadi. Terim "Vulverxempton"ni qabul qilib olgan portugaliyalik Vitor Pereyra o‘rnini egallaydi.
Avvalroq Fotihga 2 yillik shartnoma taklif qilingani xabar qilingandi.