Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tomori "Yuventus"ga o‘tishi mumkin

Tomori "Yuventus"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

"Milan" Fikayo Tomori bilan xayrlashishi mumkin va bu yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida sodir bo‘lishi mumkin. Mumkin bo‘lgan manzil Turinning "Yuventus" klubi bo‘lib, u yerda "Milan"ning yana bir sobiq futbolchisi Pyer Kalyulyu o‘ynamoqda. Paulu Fonseka qo‘l ostida Tomori "Milan" uchun muhim futbolchi bo‘lishni to‘xtatdi, portugaliyalik mutaxassis esa Malik Tiav va Matteo Gabbiyani asosiy tarkibda maydonga tushirishni afzal ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tomori "Milan"da 2021 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Ilgari uning faoliyati faqat ingliz klublarida, jumladan, "Chelsi", "Brayton", "Xall Siti" va "Derbi Kaunti"dan iborat edi.

Kiritildi: 05:19, 27.12.2024.
O'qildi: 672 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик